Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Qalbimdagi yashirin muxabbat bo'lib qolasiz!
13:05
Qalbimdagi yashirin muxabbat bo'lib qolasiz!

Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his
qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, Sog’inchdan vujudim otash
bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening
murg’ak qalbimni yaraladingiz.
Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga yigitni
muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening
qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz.



ushbu sher sen uchun.......

Vaslingga umidvor bo’lgandim ammo
Sen meni zor etib ketding "Sevgilim"
Sen uchun jonimni etsamda fido
O’zgani yor etib ketding "Sevgilim"

Sening ishqing menga bebaho edi
Tilimda yangragan sho’x navo edi
Sen ila quvonchim bir dunyo edi
G’amga duchor etib ketding "Sevgilim"

Men orzu qilgandim sendek qizni
Sen esa tanlading o’zga insonni
Hajring ila ushbu yorug’ jahonni
Ko’zimga tor etib ketding "Sevgilim"

"Seni" unutolmay azobda qiynalar yurak...
( oshiq_yihit_91 )
Просмотров: 369 | Добавил: gonch | Теги: Qalbimdagi, yashirin, qolasiz!, muxabbat, bo'lib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: