Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
16:41
QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
Ayol kishi juda sezgir bo’ladi-da! U gohida gaz pechida suti toshib ketganini, ovqati kuyganini sezmay qolishimumkin, ammo… eridagi o’zgarishni sezmay qolishi… aslo! Men ham darrov sezdim. Har gapida "jon, jonim” deydigan erim o’zgardi qoldi! 
-ayol kishi ham shunaqa bo’ladimi? Biram befarosatsan-ey! Kundan kunga qarib boryapsanmi? Kiygan kiyiming ham yarashmaydi! Qishloqiligingga borasan… Ha undan shunaqa gaplar eshita boshladim. Avvaliga parvo qilmadim. Erim esa hamma yaxshi odatlarini unutib qo’ydi: "jonim ”so’zini, ikki o’g’limiz bilan meni aylantirib kelishni, bozorga olib borib yoqtirgan kiyimimizni olib berishni…
Hullas, uyda o’zimni ortiqchadek seza boshladim. U faqat o’g’illariga mehribon.
KUZATUV.
Eng birinchi qilgan ishim ko’zguga qarash bo’ldi. O’zimni tanimay qoldim: "Sho’rlik Nigora! Bolalarga, ishga,erning injiqliklariga, ro’zg’orga ulguraman deb adoyi tamom bo’libsan-ku!" Rost! Ko’zgudan menga sochlari to’zigan, yuz-ko’zlari xorg’in, ozg’in va ko’rimsiz ayol qarab turardi.
-Bu yurishingda senga gado ham qaramaydi.-dedim o’zimga o’zim.
Demak, erim boshqasini topibdi. Birdan meni muzdek ter va qaltiroq bosdi. Kim u? qanaqa qiz yoki ayol? "bu dunyoda "yurmagan” erkak yo’q” derdi bir dugonam . qurg’ur to’g’ri aytgan ekan-da? Nega birdan bunaqa deb o’ylayapman? Balki boshiga musibat tushib, menga aytmayatgandir? Ilgari u kech soat besh-oltilarda uyga qaytardi. Hozir soat sakkizga yaqin qaytadi. Men ahmoq bundan hursand bo’lib yurgan ekanman:kelgunicha hamma ishga ulguryapman, ovqat ham tayyor deb! Avval tezroq va ko’proq savdo qilay deb , juda vaqtli chiqib ketardi. Hozir bemalol. Yasan-tusan qilib, atir sepadi. Demak, boshqasini topgan!
BIRINCHI MAKR!
O’ylanib qoldim:qanday qilsam e’tiborini tortaman? U har doim meni ilk uchratgan paytini entikib eslardi:”do’konga bosh suqding-u "Bu yerda erkaklar kiyimi sotilarkan” deding . jingalak sochlaring oppoq yuzingni to’sdi. O’zim bilmagan holda yugurib chiqdim…” o’shanda jingalak sochlarim sun’iy edi: "ximiya”! hozir sochni "kare” qilib kestirish urfga kirgan bo’lsa-da, go’zallik saloniga borib ularni hayratlantirdim:
-sochlarimni "ximiya” qilib jingalak qilib qo’ying!
-voy xozir bu moda emas!
-xechqisi yo’q!
Dori darmonlarni har doim turmush o’rtog’im bir kursdoshimdan ulgurji narxda sotib olardi.(hususiy dorimxonamiz bor ) Bu safar unga o’zim qo’ng’iroq qildim:
-Olim, yaxshimisiz? Ayrim dorilar tugagandi. Xo’jaynimning bugun vaqti yo’q ekan…
Erim meni undan qattiq rashk qilishini bilaman.
-allo, dadasi, yarim soatda dorixonaga kelib bizni olib keta olasizmi? Bolalar bilan birgamanda! Olim dori olib kelgandi.
-Olim?- birdan u kishinig avzoyi buzildi.- Dori "zakaz”qilmagandimku!
Endi turmush o’rtog’imning uchib kelishi aniq! Adashmagan ekanman. Erimning mashinasi ko’rindi. Erim dorixonaga kirganida atay Olim bilan gaplashaverdim. Sezdim, u bir zum qotib turdi. Salom bergach, burilib qaradim. U mendan ko’z uzolmadi. Uyga kelguncha g’idi-bidi aytishgan bo’lsakda, kayfiyatim zo’r. uning ilk tuyg’ularini junbushga keltira oldim.
IKKINCHI MAKR
O’sha megajinning rostdan ham bor –yo’qligini, bo’lsa, undan sovitish yo’llarini izlardim. Shu ilinjda bir necha bor bozorga bodim. Foydasi yo’q!
Menga Xudoning o’zi yordam berdi. Bir kuni turmush o’rtog’im yuvinish xonasidaligida qo’l telefoni jiringlab qoldi. Darrov olib, yashil tugmasini bosdim.
-allo, Kamol akam bormilar?
Tutoqib ketgan bo’lsam ham, o’zimni qo’lga oldim:
-Akam vannaxonada edi. Kim so’radi deb qo’yay?
-Zarifa.
Jahl bilan qizil tugmani bosdim. Qayta qo’ng’iroq qilib, boplab qarg’asammikin? Qachondan beri erimni "aka” qilib olibdi? "To’xta, o’zingni qo’lga olib, aql bilan ish qil! Arqonni uzun tashla. Balki bu bir oddity tanishidir. Sharmanda bo’lma tag’in.” O’zimni ruhan tayyorlab erimni kutdim. Albatta, Zarifaxonning raqamini o’zimga ko’chirib olishni ham unutganim yo’q.
-Dadasi, Zarifa degan qiz so’radi sizni,-dedim ko’zlariga tik boqib, jilmaygancha.
U duv qizardi.
-Ha-a, qo’shni do’kondan, "tovar”kelgandirda…-dedi. Demak shu!
-"tovar”ni o’zi qabul qiladimi? Eri yo’qmi qarashadigan?-hayratlangancha so’radim.
-bor. Dardisar dangasa emish. Ajrasholmay yuribdi.
"Iloyim ajrasholmasin. Ajrashib sizga tegmoqchidir-da!” sal qoldi bu gaplkar tilimdan uchib chiqishiga. Zo’rg’a qaytarib qoldim. Sezdirmaslik uchun boshqa savolga tutmadim.
Kuni bo’yi ularning munosabatlariga darz yetkazishni o’yladim. Siqilib ketganimdan kompyuter qarshisiga o’tirdim. Internetdagi pochtamga kirsammikan? Shu payt.. hayolimga bir fikr keldi. Zarifaxonning telefon raqami qaysi kompaniyaga tegishliligini aniqlab, saytiga kirdim-da”SMS” yozdim:”Sizni yollanma izquvar kuzatuvga olgan. Extiyot bo’ling!”
Ikki kun o’tib yana yozdim:”Extiyot bo’ling singlim. Sizga holis niyatda yaxshilik qilyapman. Lekin baribir masalangiz hal bo’lganga o’xshaydi”
"Zarifaxon, mening SMSlarimni o’chirib tashlang! Sizga yordam berganim uchun baloga qolishni istamayman!” Bu mening uchinchi SMSim edi.
UCHINCHI MAKR
Xabarlarim o’z kuchini ko’rsatdi shekilli, oxirgi xabarni yuborganimdan keyin ikki kun o’tib erim”yorildi”:
-Nigor, yollanma izquvarlar haqida haqida eshitganmisan?
"Dardini sizga aytibtida!” Ichimda kuldim.
-Yo’q, birinchi marta eshitishim. Shunaqasi ham bo’larkanmi?
-Men ham birinchi eshitishim.
Kulgim qistadi. Erim faqat bozorda yurgani uchun kompyuter, internet degan tushunchalardan yiroq. Demak, Zarifaoy ham shunday.
Endi u kishiga "hujumga ” o’tdim: "Ilintirgan ayolingiz bilan aloqani uzing, ammo o’ziga sezdirmang. Firibgarligi uchun uni yaqinda qo’lga olishadi. Uni yollanma qotil kuzatuvga olgan Iltimos SMSimni o’chirib tashlang ”
TO’RTINCHI MAKR
Tushlik vaqtida telefonimni yashirin raqamga o’tkazdim. Endi bemalol Zarifaxonga qo’ng’iroq qilsam bo’ladi.
-allo, Zarifamisiz? Men yollanma izquvar Jamolovaman. Xech kim yo’q joyga o’ting!
-A-a-a… bozordaman…
-Chetroqqa chiqing. Kamol Oripovni taniysizmi? Tezroq javob bersangizchi? U sizga uylanaman deganmi?
-Uylanaman demadi. Lekin yoqtirishini aytgan.
Vujudimni olov qamradi. Yonib ketdim. Ammo…Bosiqlik bilan dedim:
-Uning gaplariga ishonmang. Juda hyam ehtiyotkorlik bilan ish ko’ring. Sizga o’hshagan bir necha ayolni aldaganini bilasizmi? Qo’yningizga kirib, bor budingizdan ayiradi. Atay eri bor ayollarni tanlaydi u. eringizga aytib sharmanda ham qiladi. Biz uning izidan tushganmiz. Yaqinda qo’lga olamiz, sizlar savdo qilayotgan do’konlar qatori buzilib, yangi joyga ko’chirilyapti. Vaqt yo’qotmasdan, undan uzoqroq joyga ko’ching.
-Ho’p, rahmat, opajon! Rahmat sizga, ogohlantirganingiz uchun!
Shartta aloqani uzdim. Bir hafta o’tmay, makrlarim o’z kuchini ko’rsatdi. Ishdan yaxshi kayfiyatda qaytgan erim yuzimdan o’pib qo’yarkan, dedi:
-Nigor, bozorda Zarifa degan ayol ishlardi. Haligi aytganim yollanma izquvar uning iziga tushganmish. Bugundan bozorda yo’q. eshitishimcha, o’rikzordan joy olganmish. Qo’lga tushganmish, degan mish-mishlar ham bor.
UNUTMANG, SIZNING ENG KATTA YUTUG’INGIZ-ERINGIZ HALI SIZ BILAN! BU YUTUQNI USHLAB QOLISH VA QAYTA SEVILISH O’Z QO’LINGIZDA!
Sug’diyona gazetasidan.
Просмотров: 479 | Добавил: gonch | Теги: O’Z, SEVILISH, QAYTA, QO’LINGIZDA! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: