Главная » 2013 » Апрель » 22 » “QUDAjONLAR”. SAIDA RAMETOVA REP KUYLADI?!
18:25
“QUDAjONLAR”. SAIDA RAMETOVA REP KUYLADI?!
Bugungi o`zbek kinosida oilaviy munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin munosabatlari ko`proq yoritilyapti. Albatta bunday mavzudagi filmlar tomoshabinlarimizga manzur bo`lishi tabiiy. Sababi kinozalga borgan tomoshabin o`zining ruhiyatiga, turmush tarziga, muammolariga yaqin bo`lgan filmlarni ko`rishni xohlaydi.  Quda- andachilik rishtalari xaqidagi filmlar ayniqsa, ayollarni ko`proq qiziqtiradi. Ayni paytda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda namoyish etilayotgan "Qudajonlar” filmi kinosevar muxlislarga xaqiqiy tuhfa bo`ldi, desak xato bo`lmaydi. Filmga xalqimizning sevimli aktrisasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova boshchilik qildi.

Ushbu filmning premerasiga tashrif buyurgan mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi. Kinosaroy atrofida ko`plab mashhur aktyor va aktrisalarni uchratishingiz mumkin edi. Ichkariga kirib joylashib ulgurmasimizdanoq sahnaga Ҳosila Rahimova chiqib o`zining diltortar qo`shiqlarini ijro etdi. Film ko`rishdan oldin Ҳosila tomoshabinlarning ruhiyatini ko`tarib, raqsga chorladi. Saida Rametova jamoasi mazza qilib raqsga tushdi. Davrani Shoira Raufboeva olib bordi. Shuningdek, Fatxulla Ma`sudov va Saida Rametovalar ham so`zga chiqdi. Eng ajablanarlisi, film ko`rib turgan bir paytimizda to`satdan Saida Rametova hattoki rep kuylab yubordi. Bu jarayonni ko`rish uchun "Qudajonlar” filmini ko`rib repni eshitib, mazmunini chaqish kerak. Filmda bugungi kunning sovchilikka borish va sovchilarni kutib olish holatlari yumor asosida ko`rsatib berilgan. Filmda bosh qahramonlardan biri Aliya To`xtanova sochining uzunligi bilan ko`pchilikda qiziqish uyg`otdi. Shuningdek, Aziz Rametov, jamila G`ofurova, Ҳamid Toshpo`latov, Vazira Yunusova, Mahfuza Bobotillaevalarning qahramonlari ham tomoshabinlarga manzur bo`ldi.

Ushbu filmda ko`plab mashhur aktyor va aktrisalarimizni ko`rish mumkin. Masalan,  O`zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, jumadulla Rametov, Ҳamid Toshpo`latov, Vazira Yunusova, Abdurayim Abduvahobov, Botir Muhammadjonov, Zuhra Ashurova, Behzod Muhammadkarimov, Mahfuza Bobotillaev, Muyassar Berdiqulova, Mehriddin Rahmatov, jamila G`ofurova, Madina Mumtoz, Aziz Rametov, Aliya To`xtanova. Xullas, buyog`i yulduzlar yog`dusi! Ҳamid Toshpo`latov rol ijro etish birga kartina direktori vazifasini ham bajarmoqda. Filmning rejissyorlari Valijon Umarov xamda Aleksandr Gamirov. Film prodyusseri Saida Rametova. Film xaqida ma`lumot olish maqsadida sevimli aktrisamiz Saida Rametovadan ham fikr oldik.

Saida Rametova (O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist):

-Yaxshi niyatlar bilan "Qudajonlar” nomli filmni suratga oldik. Bu filmimiz orqali qaynona-kelin o`rtasidagi munosabatlarni jiddiy komediya asosida ochib berishga harakat qildik. G`oya mendan chiqdi. Mahfuza Bobotillaeva bilan birgalikda stsenariy yozdik. Imkon qadar bugungi hayotimizda uchrayotgan voqealarni aks ettirishga harakat qildik. Film orqali yo`qolib ketayotgan milliy urf-odatlarimizni ko`rsatishga harakat qildik.  Avvallari qizlarimizda ibo-hayo bor edi. Ҳattoki, ukasini yuziga tik qarab gapirmas edi. Bugun otasiga ham gap qaytaradiganlarni ko`ryapmiz. Nikohsiz farzandlar tug`ilishini gapirmasa ham bo`ladi.

-Kinoga qo`l urishingizga nima sabab bo`ldi?

-Ko`pchilik muxlislarimiz bugungi kinolardan shikoyat qilishdi. Qizlarimizni yurish-turishi kiyinishi, yigitlarimizning axloq-odobi to`g`risida tanqidiy fikrlarni ko`p eshitdim. Milliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan film yaratish istagi tug`ildi. Bu film orqali o`zimizning qadimgi urf- odatlarimizni ko`rsatib berishga intildik. Ҳar bir qahramonimizning libosida o`zbekona ruh bor. 

Ҳamid Toshpo`latov, (aktyor):

-O`zbek kinosida hali bunday film bo`lmagan. Aminmanki, tomoshabin ketgan vaqtiga ham, puliga ham achinmaydi. Ushbu filmda ishlash men uchun judayam maroqli kechdi. Chunki anchadan beri mana shunday professional jamoa bilan ishlashni istagandim. Mana niyatimga ham etdim. Endi film qanday chiqqanligini tomoshabin ko`rib baho beradi.

Shoira Raufboeva, (kinojurnalist):

–Saida Rametova serqirra ijodkor. Oilaparvar. Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan tinim bilmay shu film uchun jon kuydirib mehnat qildi. Ulardagi kuch-g`ayrat shijoat bugungi yoshlarimizda yo`q. Film bugungi kunda quda-andachilikdan oldin bo`ladigan jarayonlarni o`z ichiga olgan. Takroriy filmlardan  emas. "Yondim-kuydim”dan ancha yiroq. Muhabbatni izhor etishni ham so`zsiz ifodalab berishga harakat qilgan. O`zbek milliy ruhiyatini olib chiqishga intilishgan. Ҳar holda yarim yalang`och kiyimlardan uzoqlashib jargon so`zlarini umuman ishlatilmaganligi filmni sifati qay darajada ekanligini ko`rsatib beradi.   Bu filmni bugungi yoshlarimiz faqatgina ko`rishi kerak.

 

Dilbahor Xudoyberdieva

shov-shuv sayti uchun maxsus  
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 314 | Добавил: gonch | Теги: KUYLADI?!, SAIDA, RAMETOVA, “QUDAjONLAR”., rep | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: