Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » "Qadrimga Roziman... "
14:54
"Qadrimga Roziman... "
Assalamu alaykum.

Bismillohir Rahmonir Rohiym.
Xadicha yurib emas,uchib borar,yelkalarida qanot paydo bo'lgandek edi go'yo... Axir,bu xushxabarni o'n yil kutdi ! Shifoxona zinalaridan yengil-yengil tushib borarkan,yangilikni hammaga yetkazishga oshiqar,barchaga birdek tabassum qilar edi. Bu xabarni eshitgach, Xadichaning hayajoni turmush o'rtog'iga ko'chdi. Onasiga,yaqinlariga qo'ng'iroq qilib,suyunchilayotgan Murodning harakatlarini ayol sevinch ko'z yoshlari bilan kuzatardi.

* * *

-Sizlarni xafa qilishni istamayman,lekin haqiqatni aytmasam ham bo'lmaydi. Bolaning miyasida nuqson bor,nogiron,aqli zaif bölib tug'iladi. Homila 3 oylik bo'lgan,istasangiz,hoziroq abort qilamiz. O'ylab ko'raylik desangiz, bir hafta muhlat...

Shifokorning gaplari bir lahzada sevinchlarini sarobga aylantirdi. Bundan xabar topgan qarindoshlari,yaqinlarining maslahati deyarli bir xil edi: bir umr qiynalgandan ko'ra,oldirib yuboravergan yaxshi...

Oradan bir hafta o'tdi. Nihoyat Murod:
- Menimcha,bolani oldirganing ma'qul, -dedi. - Alloh istasa yana beraveradi.
- Bolamizni o'z qo'limiz bilan o'ldiramizmi ? Yo'q, men bu go'dakni Allohdan necha yillar yolvorib so'radim. Mana, berdi...
- Menga sog'lom bola kerak, -ayolning gapini bo'ldi Murod, - aqli zaif bola emas!
-Allohning berganiga rozi emasmisiz ? -deya qarshilik bildirdi ko'zlarida yosh bilan Xadicha. -Balki biz uchun shu go'dakda yaxshilik bordur....

O'sha kecha ayol tonggacha yig'lab chiqdi, Allohga yolvorib, duo qildi : " Parvardigorim,najot ham, umid ham yolg'iz O'zingdan" .

" Agar bolani oldirmasang,ajralishga majburmiz". Erining ertalab aytgan bu so'zlaridan keyin Xadicha ota uyiga ketdi. Onasi kuyovining haqligini aytib,qizini koyidi. Faqat nuroniy Buvijonisi unga tasalli berdi:
" Alloh taolo hech kimga toqatidan ortig'ini yuklamaydi. Demak,ko'tarishga qodirsanki,bu sinovni senga berdi. Sabr qil,qizim,sabr... "
Xadicha avval shifokorga,keyin eriga qo'ng'iroq qildi: " Bolani tug'ishga qaror qildim. Qadarimga roziman! "
Shundoq ham vijdoniga emas,odamlarning gapiga quloq solgani uchun pushaymon bo'lib turgan Murod ayoliga bir dasta qizil gul yubordi. Guldastaga mo'jazgina xatni ilova qildi : " Men ham qadarimga roziman! "
... Er-xotin uyga birga qaytishdi. Umid va qo'rquvlar ichida olti oy ham o'tib,kutilgan muddat yetib keldi. Murod uchun 4 soat 4 yildek cho'zildi go'yo. Nihoyat tug'ruq zalidan eshitilgan chaqaloq yig'isi yo'lakni tutdi. Murod hayajon ichra cho'kkalab,qo'llarini duoga ochdi:
- Allohim,sevgisini ham,sabrini ham birga ber !
Hamshiraning ovozi uzoq-uzoqlardan eshitilgandek bo'ldi:
- Suyunchi bering,o'g'illi bo'ldingiz!
Murod murg'ak vujudni quchog'iga olib,hidlab o'pdi.
- Xush kelibsan,bolam! - derkan,ko'nglida issiq mehr tuydi...
Ertasiga chaqaloqning tahlil natijalarini kutib o'tirgan Ota ona shifokorning gaplaridan hayratda qolishdi:
- Sizlarga yaxshi xabar, bolangiz sog'lom, hech bir a'zosida nuqson yo'q!
Xadichaning dilidan tiliga bir nido ko'chdi: " O'zingga shukur! " Shu asno Murod ko'zlarida yosh bilan ayoliga qaradi:
- Agar sendagi iymon quvvati va qat'iyat bo'lmaganida edi,hozir o'z bolamning qotili bo'lardim. Alloh meni kechirsin, sen ham kechir!

" Ehtimol,sizlar yoqtirmagan narsa (aslida) o'zlaringiz uchun yaxshi,yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. Alloh bilur,sizlar esa bilmassizlar" ( Baqara, 216 )

Inson hayotda bo'ladigan baxtli va baxtsiz lahzalariga qaysidur jixatdan o'zi ham sababchi bo'ladi. Agar ushbu voqeada Xadicha ham ojizlik qilib farzandini abort qildirganida,Alloh ne'matiga shukr etmaganida balkim unga boshqa Ona bo'lishlik nasib etmasdi. Chunki Abortdan keyin organizm uzini qayta tiklab,qayta homilani tutishi uchun ancha vaqt kerak. Bir chiroyli sabr qilgani tufayli ham Alloh mukofotladi. Yon atrofimizda bu kabi o'rnak bo'ladigan,ibratli,mo'jizaviy voqealar ko'p. Faqat beparvo o'tamiz kopincha.
Alloh barchamizni Umrimiz va Oxiratimizga Barokat nasib etsin. Mustahkam iymon va Sabr yor bo'lsin.

Irosh
Просмотров: 357 | Добавил: gonch | Теги: ", Roziman..., "Qadrimga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: