Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » "SABAB" BEVAFOLARGA IBRAT BOLSIN!
11:27
"SABAB" BEVAFOLARGA IBRAT BOLSIN!
Assalom-u Aleykum, mehrga to'la,
beg'ubor qalb sohib-u
sohibalari ! Mehribon Alloh nomi
ila, sizlarga bugun bir, "Bevafo
muhabbat" voqeasini aytib
beraman. Barcha o'zi uchun
kerakli xulosalarni chiqarib olsa,
ajab emas. Buni yozishimga,
ko'pgina sevishganlar orasida
bevafolik, xiyonatning kuchayishi
kuzatilayotgani bo'ldi. Sevgan
insonini qo'rqmay tashlab
ketishlar, aldovlar ... Lekin,
keyinchalik qilmishlaridan qattiq
afsuslanishgan. Chunki bu
"Qaytar dunyo" ! Hechkim birovni
baxtsiz qilish evaziga baxtli
bo'lolmaydi ! Bugungi voqeam,
bevafolarga ancha ibrat bo'ladi
degan umiddaman ...
(Jahongir ismli yigitni nomidan
tasvirlab beraman)
Tong ... Yangi kun boshlandi. Har
kunlik ish rejalarga tayorgarlik
ko'rdim. Mehribon onajonim,
nonushta tayyor ekanini
ta'kidlab, chaqira boshladilar.
Nonushta qilgach, darrov ishga
shoshildim. Chunki, bugun men
uchun juda ham quvonchli kun.
Sevgan insonim, qalbim go'zali,
Shahnozani tug'ilgan kuni. Unga
qo'ng'iroq qilib, birinchi o'zim
tabriklamoqchi bo'ldim ...
- Tug'ilgan kuning bilan
go'zalim ! Ota-onangni,
do'stlaringni, barcha
yaqinlaringni va qolaversa meni
baxtimga doimo sog'-salomat
bo'lgin inshoolloh.
- Tilaklar uchun, rahmat Jahongir
aka ...
- Go'zalim, seni xiyobonda, soat
14:00 larda kutaman xo'p-mi ?!
Kela olasanmi ? Senga sovg'a
tayorlab qo'ydim.
- Xo'p, boraman ...
- Unda ko'rishguncha. O'zingni
ehtiyot qil.
- Xo'p, siz ham ...
Bugun go'zalimni tug'ilgan kuni
ekan, ushbu kun, uning qalbida
unutilmas kun bo'lib qolishini
xohladim. Soat 13:40 larga
yaqinlashgach, ishxonadan
chiqib, xiyobonga yo'l oldim.
Shahnoza ham yetib keldi. Unga
chiroyli bir uzuk sovg'a qilib,
tug'ilgan kuni bilan tabrikladim.
So'ng, har xil tabiat manzaralari
bo'ylab, to kech tushgunicha sayr
qildik. Uni uyiga kuzatib, o'zim
ham uyga qaytdim. Juda ham
baxtiyorman. Lekin shunday
bo'lsa-da, ko'nglimda qanaqadir
g'ashlik borligini sezdim.
Vujudimni, xuddi Shahnoza bilan
oramizga qandaydir sovuqchilik
tushadiganday, vahima bosa
boshladi. Kech tushgach, uyquga
ketdim. Oradan biron soatlar
o'tib, tush ko'ra boshladim.
Tushimda: - Ishga borayotib,
istirohat bog'idan o'tishni ma'qul
ko'rdim. Xiyobonda manzaralar
juda ajoyib ko'rinishga ega
ekaniga zavqlanardim. Shuning
uchun ham, xiyobonda sayr
qilishni xush ko'raman. Yo'l-
yo'lakay atrof-muhitni tomosha
qilib ketayotgandim. Nogahon,
uzoq o'rindiqda o'tirgan ikki
sevishganga ko'zim tushdi.
Negadir, qiz ko'zimga tanishdek
ko'rindi. Biroz ularga yaqinroq
borib, ne ko'z bilan ko'rayki,
Shahnoza qanaqadir notanish
yigit bilan, xiyobonda o'tiribdi.
Qo'lida bir dasta chiroyli gul va
qanaqadir qutti. Bu sovg'adir deb
o'yladim. Kecha tug'ilgan kuni
edi. Shahnozani yuzida
tabassum... Baxtli ekani yaqqol
sezilardi. Bu holni ko'rib, birdan
nafasim ortga tortdi va shu
zahotiyoq qo'rquv bilan uyg'onib
ketdim. - E xayriyat ! Tushim
ekan. Allohni o'zi asrasin. Tushga
nimalar kirmaydi deysiz ...
Astag'firulloh ! Menimcha
Shahnozani qattiq sog'indim. O'zi
bugun ko'rdim-u, negadir darrov
sog'indim ... Balki shunga
tushimga kirgandir. Ilohim
yaxshilikga bo'lsin. Tuni bilan
o'ylab, ko'zimga uyqu kelmadi ...
Ertasi kuni ertalab, ishga bormay,
to'g'ri xiyobonga bordim. Bu
shunchaki tushdir desamda,
negadir qalbim buni
ma'qullamadi va xiyobonga
borishimga undadi. Cheksiz
sog'inchlar bilan, xiyobonga
shoshildim. Chetroq bir
o'rindiqga o'tirib, atrof muhitni
kuzatdim. Soat 10:05 lar ... Ilohim
tushim, o'ng bo'lib chiqmasinda.
Biroz xavotirga tusha boshladim.
Oradan bir soat o'tdi, ikki soat
ham o'tdi ... Xiyobonda
sevishganlar yurishardi-yu, lekin
ular ichida meni qo'rquvim
ko'rinmasdi. Xudoga shukur,
yomon tush ekan. Tush o'ng
bo'lib chiqmaydi deya, xursand
bo'ldim. Endi o'rnimdan ko'tarilib
ketayotgandim-hamki, ro'parada
xiyobon darvozasidan kirib
kelayotgan, bir qiz va yigitga
ko'zim tushdi. Yuragim tobora
tez ura boshladi. Uzoqda
turganim uchun, kim ekanliklari
uncha sezilmasdi. Lekin uni
Shahnozaga o'xshata boshladim.
Yurishlari, bo'y-bastlari ... Yo'q-
yo'q ! Bo'lishi mumkin emas !
Meni go'zalim bunday qilmaydi.
Tobora yaqin kelaverishgach, bir
daraxt ortiga bekindim. 20
metrlar chamasi masofa
qolganida, uni Shahnoza ekanini
bildim. Xuddi tushimdagidek,
qo'llarida gul, yuzida tabassum ...
Ko'zlarim bunga ishonmay,
ularga katta-katta nigoh
tashlagancha, qinidan chiqib
ketgudek bo'ldi. Nahotki-bu men
bilgan Shahnoza ??? Yoki bu ham
tushmi ? Yonidagi kim bo'ldi ?
Shu vaqtgacha, meni aldab
kelgan bo'lsa-ya ? Yoki biron-bir
qarindoshimikan ? Qarindoshi
bo'lsa, nega uni qo'lidan xuddi
sevishganlardek tutib olgan ?
Просмотров: 546 | Добавил: gonch | Теги: IBRAT, BOLSIN!, BEVAFOLARGA, "SABAB" | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: