Ra’no Shodiyeva: 3 ta joyda ishlaydimi? - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » Ra’no Shodiyeva: 3 ta joyda ishlaydimi?
22:51
Ra’no Shodiyeva: 3 ta joyda ishlaydimi?

Ra’no Shodiyeva: 3 ta joyda ishlaydimi?

- Nimalarga qiziqasiz?
- O'zi ko'p narsalarga qiziqaman. Juda ham
qiziquvchanman lekin asosiysi tillarga qiziqaman. Hozirgi paytda sport
bilan shug'ullanaman.

- Qaysi sport turi hamda qaysi tillarga qiziqasiz? Shu haqida batafsil aytsangiz?

- Qiziqadigan
tilim, bu Yapon tili lekin hech o'rgana olmayapman. (kulib) To'g'risi
15 ta so'zlarni bilaman undan ortiq bilmayman. Sport turidan 2 yildan
beri suzishga qatnashman va fitnes zaliga ham borib turaman. Shu sport
turlari bilan shug'ullanib turaman.

- Qanday qilib vaqt topasiz?

- Ertalab (kulib) azonda, haftada 3 marta, lekin sportga albatta vaqt ajrataman.

- O'zi nechida turasiz?

- Ertalab soat 06:00 larda turaman kechqurungi 01:00 yoki 02:00 larda uhlashga yotaman.

- Bo'sh vaqtingiz bo'ladimi? Bo'sh paytlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

- Bo'sh vaqtim
umuman yo'q. Chunki bo'sh vaqtim kechasi uhlayotganimda bo'ladi. U ham
4-5 soat uyquga vaqt ajrataman. Boshqa vaqtim umuman yo'q. Hamma
ishlarimni reja asosida qilganim uchun umuman 1 daqiqa ham vaqt
qoldirmayman.

- Oilangiz haqida gapirib bersangiz?

- Turmushga
chiqqanman. Ikkita farzandim bor, biri o'g'il, biri qiz, farzandlarim
katta bo'lib qolishdi. O'g'lim 13 yoshda ismi Diyorbek. Qizimni yoshi
12 ismi Ruxshona. Turmush o'rtog'im Ichki ishlar vazirligida
ishlaydilar.

- Shioringiz?

- Imkiyatim boricha nogiron insonlarga bayram uyushtirib berish.

- San'at sohasida do'stlaringiz bormi?

- Albatta bor.
Hamma men bilan ishlaydigan insonlar mening do'stlarim. Misol uchun
operator, rejissyor bo'ladimi, chiroqchimi? aktyormi? kim bo'lishidan
qatiiy nazar barchani o'zimga do'st deb bilaman.

- Ayyol san'atkorlardanchi?

- Aktrisa Feruza Sobitova bilan juda qadrdonmiz. Gulchehra Eshonqulova, Gulchehra Sa'dullayeva va hokazolar.

- Ijoddan tashqari yana nimalar bilan band bo'lasiz?

- Aktyorlik mahoratidan dars beraman

- 3 ta joyda ishlaysiz to'g'rimi?

- To'g'ri 3 ta
joyda ishlayman. Yana Rustam Sagdullayevning rafiqalari Marina
Sagdullayevaning hususiy modalar uyida 12 yildan beri modelyer-dizayner
bo'lib ishlayman.

- Ra'no Shodiyevaning go'zallik siri nimada?

- O'zimga
katta ahamiyat beraman lekin buning uchun go'zallik salonlari bor.
Asosiysi inson o'zini sevishi kerak, o'shandagina har bir ayyol go'zal
bo'ladi, lekin avvalambor ichki dunyosi go'zal bo'lishi kerak.
Shundagina shu go'zallik tashqariga chiqadi. O'ylaymanki har bir insoni
ko'ngli toza bo'lishi kerak. O'zimni maqtash emasku lekin shunaqa
(kulib).

Laziza

shou.doira.uz
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 292 | Добавил: gonch | Теги: joyda, ishlaydimi?, Shodiyeva:, Ra’no, ta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: