Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » RANGLAR NIMADAN DARAK BERADI?
17:00
RANGLAR NIMADAN DARAK BERADI?
Oq rang- tozalik, musaffolik, donishmandlik, iffat, haqiqat va ezgulik ramzidir. Yana bir jihati, bu rang motom, o'lim, qo'rqoqlik belgisi ham hisoblanadi.
Qora rang- bu rangdagi kiyim kiyishni yoqtiruvchilar hamma narsaga qarshi va o'jar bo'lishadi. Bu rangning ijobiy tomonlari ham yo'q emas. Bu rangdagi kiyimlar juda salobatli va hashamdor ko'rinadi va shunday rangsagi mashinalar ham tantanavor, obr'-etibor, jiddiylik belgisini ham bildiradi.
Qizil rang- inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. Mutaxasislarning kuzatuvlariga ko'ra, qizil rang kiyishni yoqtiradigamlar o'zini ko'rsatishga, etibor tortishga monand bo'lisharkan. Undan tashqari bu rang faollik, bazida tartibsizlik, qonunlarni buzish, inqilob belgisi hamdir. Qizilning manbayi olv, u issiqlik va harorat, muhabbat belgisi hamdir.
Sariq rang- ochiqlik, beg'uborlik, xushchaqachaqlik, kuch-quvvatga intilish rangi. U quyosh va yoz faslining rabgi va kelajakka umidvorlikni oshiradi. Tushkun kayfiyatdan chiqishda yordam beradi. Sariq oltin rangi bo'lgani uchun u davlat, boylik, shon shuhrat belgisi hamdir.
Kulrang- u na oq, va na qora. O'rtadagi neytral chegara hamdir. Kimki bu rangga moyil bo'lsa, demak, u hamm narsadan o'zini chetga olishini, chegara bo'lishini xohlaydi. U sirlarni yashiruvchi rang va bunday insonlar hech kim ular haqida bilishni istamaydigan bo'lishadi.
Ko'k rang-o'zida ochiqlik va chuqurlikni ifoda etadi.Ruhshunos olimlar, bu rangni inson asablariga tinchlantirish xususiyatiga egaligini isbotlashgan.U yana turg'unlik, havoyilik, hayotdan ajralib qolishni ham ifodalaydi. Boshqa tomondan esa tartib-intizom belgisi hamdir.
Yashil rang- tiriklik, o'sish va umid ramzi. Umo'l-ko'lchilik, to'kinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Boshqa tomionda esa kasallik, g'o'rlikni ham ifodalaydi. Bu rang Islom dinida ilohiy rang hisoblanadi.
Просмотров: 496 | Добавил: gonch | Теги: NIMADAN, DARAK, BERADI?, RANGLAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: