Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » RANGSIZ MANZILLAR (20-21 QISMLAR)
11:13
RANGSIZ MANZILLAR (20-21 QISMLAR)
Moxira uchun esa hushnud damlar endi boshlanayotgandek edi go’yo,endilikda mana oradan 3 oy vaqt o’tibdi hamki uning xurmacha qiliqlari ko’paygandan ko’payar inchunun aslo kamaymas edi..Uning uchun borliq go’yo Dilshod tuhfa etadigan har hil qimmatbaho bo’lgan sovg’alar va uning tunlardagi issiq dil izhorlaridan iboratdek edi go’yo..Bu orada esa Dilshodga kundan kun bog’lanib borar ekan Rashid haqidagi kutish hissiyotlarini Dilshodning quchog;ida butkul unuta boshlagan edi.Alal oqibat esa Oftob aya huddi o’z uyida bir buyumdek bo’lib qoldi..Moxira endilikda Oftob ayaga umuman qaramay qo’ydi..
Oftob ayani esa bir narsa tashvishga solayotgan edi..Chunki uning tobi qochishini qarichilikka yo’yayotgan bo’lsada tanasida ildiz otib borayotgan og’riq tobora o’z avjiga minar ekan,chorasizlikdan tunlari to’lg’onib chiqishlari odat tusiga kirayotgan edi..
Qishning sovuq nafasi ufurib turgan kechalarda Oftob aya yashayotgan uy nihoyatda sovub ketgan hatto o’tirgan o’rnida olgan nafasi havoda bug;lanib iz qoldiradigan darajada edi..Qalin ro’molga o’ranib olgancha kuni bo’yi qaltirab o’tirgani yetmagandek,tunlari ham elektr isitgichni arang oyoqlari yaqiniga qo’yib jon saqlayotgan edi..Shu orada Moxira o’z honasiga konditsioner o’rnatib oldi..Har qalay bunday uskuna orqali Moxiraning honasi anchagina iliq edi..Bir ikki marotaba Moxiradan "Xonangizda yota qolay qizim,men yotadigan joy judayam sovuq bo’lib ketayapdi..”degan edi Moxira "Nimalar deyapsiz meninig honamni rasvosini chiqarib tashlaysiz,buni ustiga meni o’zim zo’rg’a sig’adigan honaga sizni kirgazmayman "degan so’zlaridan so’ng tilini tishladi..Ortiqsa so’z ayta olmadi..
Rashidjon Qishki vaqtlarda ular yashayotgan mavzedan gaz muommo bo’lishini yahshi bilardi,shu boisdan ham Moxiraga qattiq tayinlab uyga isgich qo’yishi uchun jo’natgan mablag’lari evaziga esa Moxiraning honasiga uskuna o’rnatildi,ammo Oftob aya o’sha sovuq honada uhlashga mahkum bir holatda qolaverdi..Uskunadan ortgan ancha muncha pullar esa uning yasan tusaniga hamda qilayotgan maishatlariga arang yetdi..
Dilshod bilan bo’ladigan kungilhushliklar esa deyarli har kuni bo’ladigan bo’ldi..Odatda ularning ishqiy uchrashuvlari Fotimanikida bo’lar edi..
SHu sababli ham Moxira uchun Oftob ayaning holati bir pul edi..Uning uchun eng muhimi onasining tili bilan aytganda "O”zi uchun yashash edi”shunday bo’lsada Rashidjondan pulni ming bir turga kirib olar,hatto ibratli kelin obrazini ustalik bilan namoyish qilishga erishardi ham..Rashidning esa olis yurtlarda Moxiraning aytayotgan so’zlariga ishonishdan o’zga chorasi yo’q edi..
Bu orada Fotima qizi uchun yangi hushtor topishga ham ulgurdi..Dilshod esa Moxira bilan kungilhushlik qilgnai yetmagandek Fotimaning ko’nglini olishga ham o’z navbatini erishar edi..BUni Moxira bilsada hech narsa demas edi..Uning uchun Dilshoddan ko’ra uning pullari muhimroq edi..Jirkanch hayot esa unig tobora o’z iskanjasiga olar edi..
Yangi hushtorlar bilan ham uchrashuvlar tonggacha davom etadigan bo’ldi..Endilikda u o’z hushtorlarida tortinmasdan har hil sovg’a salomlar hamda "harjatlar”uchun pul ham so’raydigan bo’ldi..Ko’cha kuyda tarllabedod qilib yurgan bovuchcha yigitlar uning to’riga osongina ilinar edi..
Oftob ayaning esa tobora ahvoli og’iralashgandan og’irlashib borayotgani sabab doktorga borib ko’rinishga qaror qildi..
Shifohona ostonasiga qadam qo’yar ekan nimagadir yuragi seskanib ketdi.Uning ko’z oldidan bundan ancha yillar oldingi bo’lgan voqealar o’ta boshladi..Ha huddi shunga o’hshash kasalhona u navbatma navbat o’z yaqinlarini,jigarbandini ham narigi dunyoga kuzatgan edi..
Tomog’iga yig’isi tiqilib arang doktorning honasiga kirdi..
Doktor unga qarab ahvolini ko’rgandan so’ng shoshib Oftob ayani suyagancha stolga o’tkazdi..
-Onaxon,nimaga buncha o’zingizni urintirib yuribsiz,o’g’illaringiz birga kelishmabdi-da,essiz sizni qiynab qo’yishibdi..Doktor jilmayib so’z boshlagan edi Oftob aya G’amgin ovozda
-Ular arshi a’loda doktor bolam..agar bo’lishganda balkim birga olib kelisharmidi dedi
Doktor tilini tishladi..
Doktor erinmasdan Oftob ayaning kasani o’rgandi..Har hil apparatlarda olinga tekshiruv natijalarini olar ekan..Oftob ayaga 2 kundan so’ng habar olishini aytdi..
Oftob aya doktor yigit bilagidan jo’natgan ukoldan biroz o’ziga kelgandek bo’ldi..Biroz tanasiga jon ingandek edi go’yo..Amallab uyiga yetib keldi..
Stolga og’ir cho’kar ekan..O’zicha "Hudo hohlasa oddiy shomollash bo’lsa kerak..Hudo hohlasa,Rashidjonimni sog’ omon kutib olaman”deb qo’ydi..
Bu orada eshik ochilib g’irt mast ahvolda Moxira kirib keldi..Uning og’zidan anqiyotgan ko’lansa hidga Oftob aya toqat qila olmay yuzini burdi..
Buni ko’rgan Moxira esa tutaqib ketdi..
-Menga qarang sassiq kampir,nimaga menga bunaqa burningni jiyirasan..Nima yoqmayapmanmi?

-Nimlar deyapsiz qizim..!Nega unaqa o’ylayapsiz..Men aymoqchi edimiki…
Oftob ayaning so’zlari bo’g’zida qoldi..Tasodifan chakkasiga tushgan tarsakidan yerga yuztuban tushdi..
Shu tahlid o’ziga kela olmay 2-3 daqiqa yotdi..Alamidan dod devoray dedi..lekin afsuski uni eshitadigan hech kim yo’q edi..
O’ziga kelib Moxiraga qaragan edi..Moxira uning tepasidan sigareta tutatgancha tinmay aljirar edi..
-Men senga necha marta aytdim..Sen bo’lsang meni hayotimga aralashganing aralashgan..Seni nima qilsam ekan-a,naq pichoqni suyakka olib borib qadading..!Sen ablahni deb mana bir necha oy anuvi landovur o’g’lingni kutib yashadim..Qachongacha shunaqa yashayman..ayt..!qachongacha..!
Shu so’zlarni aytar ekan yerda zo’rg’a yuztuban yotgan OFtob ayaning sochidan tortqilar edi..Bechora Oftob aya esa jonsiz qo’llari bilan uning changalidan qutulishga harchand harakat qilmasin.afsuski bari behuda edi..
Moxira esa battarroq jahl ortiga minar ekan,tinimsiz javrashda davom etar edi..
-Nima deb o’ylagan eding-a.meni senga qul bo’lib hizmat qilishimni istagn edingmi?Javob ber..!
Oftob ayaning ovozi zo’rg’a chiqdi..
-Axir…axir o’zing tanlagansan bu hayotni..O’g’limni tanlagan o’zing’-ku!Alloh jazongni bersin..O”ziga topshirdim sen badbahtni..!
Oftob aya shu so’zlarni aytar ekan ko’zlaridan chiqqan yosh polni ho’l qilgan.peshonasining shilingan joyidan oqayotgan qon yuziga chaplanib ketgan,uninig ko’z yoshlari yuzidan qon aralash bo’lib oqar edi..!
Moxira uning so’zlarini eshitib qah qah otib kuldi-da
-Sen sassiq kampirning gapini eshitishni ham istamayman..Qara yaratganing ham eshitmayapdi..Qani qutqarsin bo’lmasa..!Bilsang men endi yashashni qadriga yetdim..Mana endi qarab tur!shu qilganing uchun ham ko’z oldingda aynan sening uyinga hushtorlarim bilan ishrat qilaman..Qachongacha lallaygan hunasa o’g’lingni kutib yurishim kerak!Men bilganimdek yashayman..!Agar joningdan umiding bo’lsa mening hayotimga aralashma..Yo’qsa seni o’ligingni o’g’ling ham topa olmaydi…dedi-da qo’lidan Oftob ayaning sochini halos qilib gadiraklagancha honasiga kirib ketdi..
Oftob aya esa o’rnidan turishga ham majoli kelmasdan qon yig’lagancha qolar ekan
"Yaratgan egam!Yana aytgin qancha azoblaring bor..!Axir qachongacha mendek ojiza bandangini buncha ho’rlaysan tangrim..!Undan ko’ra jonimni ola qolgin..!O-ll-l-l bu joningni..!Yashashdan mosuvo qolgin meni yaratgan egam..!
Rashidjonim kelguncha menga chidam bergin..!Yo Olloh qanday gunohim uchun meni buncha ho’rliklarga duchor qilding..!”
Oftob aya titrab qaqshagancha polni mushtlab urar ekan tinimsiz shu so’zlarni takrorlar edi..
Unchunun bu so’zlarini o’zidan boshqa eshitadigan tushunadigan kimsa topilmas edi bu damda..!
Ertalabgacha ushbu holatdan o’ziga kela olmay azoblanib chiqqan Oftob aya ertasi kuni ko’ngli bir aftoda Shifoxonaga yo’l oldi.SHifohona koridorida bir to’da bemorlar navbat kutib turishar edi..
Oftob aya navbatda oxirgi kimligi ekanligiga qiziqib,oxirgi qatorda turgan yoshi oltmishlarni qoralab qolgan odmigina kiyingan bir ayolni yoniga o’tirdi..
-Singlim,kechirasiz..navbatda siz ohirgisimisiz?dedi Oftob aya
-Ha,adashmadingiz..Mendan keyin sizda opajon..deb hazilomuz javob berdi
Oftob ayaning kim bilandir suhbatlashib o’tirmasa ichi siqilib ketaverdi..SHuning uchun u yoq bu yoqdan qilib gap boshladi..
-Uzr-u,singlim..Siz nima kasallik bilan keldingiz..!?
-Xa,menmi?Menning nimagadir jigarim og’riyapdi..SHuning uchun ham kelgan edim.O’zimni o’g’lim ham shifokor bo’gani uchun qo’ymasdan doktor bilan gaplashib chiqdi-da,shu yerga olib keldi..Hudo farzandingizni insofini bersin ekan..Shuning uchun ham "Bo’ldi qo’y”deganimga qaramasdan meni saal biror joyim og’riyotgan bo’lsa olib chopgani chopgan..
Haligi ayol yana nimalar dedi anglolmadi Oftob aya..Huddi uning ichidagi dardini bilib gapirayotgandek ichidan zil ketib zo’rg’a tinglar ekan uni,intiqlik bilan navbat tezroq kelishini hamda bu ayolni yurakni tilka pora qildagin so’zlarni eshitmaslikni juda ham istar edi..
Niyoyat navbat keldi..Oftob ayaning yuragi behuzur bo’lib zo’rg’a ichkariga kirdi..
-Iya ,holajon keldingizmi?Tekshiruv natijalari tayyor bo’lib qolgan edi..SHuning uchun ham kelsangiz ya’na ba’zi bir tekshiruvlarni o’tkazishimiz kerak.!
Oftob aya salom degancha g’amgin stolga o’tirdi..Haligi doktor bola qo’lidagi to’q qora rangdagi plyonka tasmalariga tikilgancha qandaydir daftarni hafsala bilan varaqlay ketdi..Ora sirada Oftob ayaning oldiga keligin,”Ko’nglingiz og’darilmayapdimi?Yoki Ishtahangiz qalay?”shunga o’hshash savollar berar Oftob aya ning javobini eshitib so’ng qo’lidagi tasmaga tikilar edi..
Nihoyat uning bu tikilishlaridan so’ng Oftob ayaning ro’parasiga kelib o’tirdi..
-Tekshirib bo’ldingmi bolam..?!Oftob aya iltijoli nigoh bilan doktor yigitdan so’radi..
Doktor yigit esa,ko’zini nimagadir Oftob ayadan olib qochdi..SO’ng chuqur ho’rsingancha so’z boshladi..
-Bilasizmi..Ochigig’I qanday aytishni ham bilmayman..Bunday bo’ladi deb o’ylamagan edim.SHuning uchun ham tomografiya hulosasiga ishonmasdan yana o’zim takror ko’rib chiqdim..Lekin ming afsuski holajon sizga hushhabar ayta olmayman..
Oftob ayaning yuragi tipirchilay ketdi..
-To’g’risini ayt faqat doktor bolam..!Onang qatori ayolni aldama..!?
-Holajon..bundan bo’lishidan men ham chuqur qayg’udaman..Ammo tashhis natijalari shuni ko’rsatayapdiki sizda serrozning o’tib ketgan turi aniqlandi..
-Tushunmadim..bu qanday kasallik bolam..!Oftob aya qo’rquv bilan so’radi..
-Ochig’ini aytadigan bo’lsam..Sizda Jigar Saratoni aniqlandi..!
Oftob ayaning qo’llari bo’shashdi..Yuragi siqilib,tomog’i quriy boshladi..Qo’rquvdan yuragi o’ynoqlab,peshonasidan reza reza ter chiqa boshladi..Ko’zlarida yuqoriga keta boshladi..
Doktor yigit shoshgancha Oftob ayning yuragini bosib,zudlik bilan qo’liga shpritsni olib tomiriga ukol jo’natdi..
Doktorning "hamshira "degan ovozidan so’ng honaga yugurgancha ikkita hamshira qiz kirib keldi-da,Oftob ayning bilagiga osma ukolni ulab ,so’ng zambilga solgancha Reanimatsiya honasiga olib kirib ketishdi..
***
Moxira ertalab o’rnidan turdi-da,nonushta qilishga ham erinib,oyna qarshisida o’ziga pardoz bera boshladi..
Kechagi sarhushlik onlarini esladi-da,shirin entikib qo’ydi..So’ng hayolida kechagi yangi topgan jazmani bilan Rashidni hayolan solishtira boshladi..
Rashidning og’ir mehnat ta’sirda qadoq bo’lib yorilib ketgan qo’llari bilan haligi yigitning oppoq tekis qo’llarnini ,hamda kelishgan yuzini hayoliga keltirsa ko;nglini hursandchilik qoplar,aksincha Rashidning g’amgin,va quyoshda qorayagan yuzini eslasa jirkanib ketar edi..Vaholanki o’zining ayni vaqtlarda pul uchun hatto otasi tengi erkaklarni ham quchog’iga kirishga tayyor ekanligini butkul,unutishga erishardi ham..!
Qo’liga telni oldi-da,kechagi hushtirini raqamini terdi..
-Alooo,Oybek akooovvv…qalesiz jonim..!Moxira noz-u karashma bilan so’z boshladi..
-Alo,ha jonidan..!yahshi dam oldingizmi?Ertalabdan nechuk yo’qlab qolibsiz..?
-Ha,endi..sizni yo’qlamasam uzoqda yurgan landovur erimni yo’qlayman-mi?
-Yo’g’-e behijolat..behijolat..!dedi Oybek..
-Bilasizmi jonim.ertalabdan kechagini bosh og’rig’i qolganmi deyman..!Shunga bir holimizdan habar olarmikansiz deya tel qilayotgan edi..!
-Men ham sizni diydoringizni sog’inib,es-hushimni yo’qotay deyapman..shuning uchun ham o’zim sizga tel qilsammikan deb turgan edim dedi Oybek.
-Unda tezroq kelsangiz hursand bo’lar edim..
-Fotimahonnikida ko’rishamizmi jonidan ..?
-Yo’g’e,oyimlarnikiga bugun yigitlari keladi..SHuning uchun ularning ishqiy suhbatlariga halaqit bermaganimiz ma’qul deb o’ylayman..Menin o’zimni uyimga kelishingizni istayman..
-Iya uyimda qaynonam bo’ladi degandingiz-ku!?qanay bo’lar ekan-a?!
-Qanday emas qandday bo’ladi jonim,qandday..sassiq kampir uzoq joyga mehmonga ketgan shuning uchun ham behijolat ko’ngilni keng qilib kelavering…!Ha aytgancha yo’ldan men aytmasam ham haligidan olib kelishni unutmang-a!Bilasiz-ku o’shandan hohlayman..buning ustiga siz bo’lib bo’ladigan visol onlarini juda ham intiqlik bilan kurayapman..Faqat tezroq keeling..!
Moxira go’shakni qo’yar ekan..Mamnun bo’lib ketdi..Tomog’I taqqilab ichkilik istayotgan edi ..
Oradan tahminan 2 soatlar vaqt o’tdi..Bu orada Moxira honasini tartib keltirdi..Kechagi qilig’I oraqasidan ancha saramjonlik yo’qolgan honani Oftob ayaning sh’aniga "maqtov”lar bitib tozaladi..
Nihoyat eshik qo’ng’irig’I bosildi..Shoshib eshikni ochgan Moxira ostonada Rashidjonning "suyukli”tog’asi bo’lmish Niyatbek turar edi..
Moxira yuziga tushgan kuchli tarsakidan koritor tomonga yuztuban yiqildi..
Niyatbek bilan bo’layotgan shovqinni eshitgan Oybek,eshik podezdidan orqaga qaytib ketdi..
Chunki bilardi ichkariga kirsa,boshi balodan chiqmay qolishini..
Moxira biroz shallaqilik qilsa,Niyatbek qo’rqib qoladi degan umidda o’z hunarini boshlamoqchi edi,ammo jahl otiga minib quturib ketgan Niyatbek Moxiraning sochidan changallagancha ichkariga honaga sudrab kirdi-da,So’ng asabiy shivirladi..
-Agar g’ing deb ovozingni chiqaradigan bo’lsang,mana shu honadan o’liging chiqadi..!

Davomi bor..

Muallif:EL_SHaFeY
Просмотров: 376 | Добавил: gonch | Теги: MANZILLAR, RANGSIZ, (20-21, QISMLAR) | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: