Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » RANGSIZ MANZILLAR (5-QISM)
11:53
RANGSIZ MANZILLAR (5-QISM)
Oftob ayaning,rangi o’chdi..Asabiylashganidan labi pir pir uchdi..
Lekin Rashidga lom lum demadi…
Deyolmadi ham…
O”rnidan turdi..Uyda yuragi siqib ketdi..Rashid ayasining bu holati ko’rib tursada yupatishga o’zida biror bir so’z topa olmadi..Ko’zini yerdan uzmasdan o’tirib qoldi..
Oftob aya,narigi honaga o’tib dorisini qidira boshladi..Ammo dorisi ham tugagan ekan..
Stolga o’tirgancha ko’zlarini bir nuqtaga tikib o’tirib qoldi..
Boshida esa faqat bir gap aynalar edi..
"O”g’lim buzuq?Men buzuqning onasimanmi?Yo’q,yo’q!
Ey hudo! Mening shunchalar gunohim ko’pmi?Buncha ko’p jazolaysan meni?Erimdan judo qilding..Farzandimni olding..!Endi bolamdan ham judo qilib,isnodda qoldirmoqchimisan tangrim..!
Xudoyim mening jonimni olsang ol,gunohkor bo’lsam,do’zaxing otashida yondirib kul qil..!
Ammo bolamdagi bu isnodga meni judo qilma tangrim..
Menga o’lib bersang ber,lekin isnod bilan o’ladiganlardan qilma..!”
Birdan o’rnidan shasht bilan turdi..Rashidning yoniga kirdi..Rashid hali ham o’sha alfozda o’tirar edi..
-To’g’risini ayt bolam..Nimalar bo’ldi..Faqat rostini gapir..
Rashid boshini kuyi egganicha javob berdi..
-Eslolmayman aya..Men rosa ko’p ichgan edim…Bunday bo’lishini kutmagan edim..Ayajon..!!meni kechiring..agar kechirolsangiz..
Rashid yig’lab yubordi..
-Endi,bitta yo’l qoldi bolam..Sen unga uylansan..gap tamom..Seni har nima bo’lganda ham qamalib ketishingni istamayman bolam..Onangni isnodga qo’yding…
Rashidning vijdoni bu gaplardan keyin shu qadar qiynay boshladi-ki..Bir so’z aytishga-da madori qolmadi..
Oradan 2 kun vaqt o’tdi..Rashid uzzu kun,qorong’u burchakda o’tiraverganidan,rangida rang qolmagan..Butunlay holdan toygan edi..

* * *
Oftob aya Rashiddan u qizning manzilini so’rab,o’sha uyga bordi..U yerdagi Moxiraning onasi bilan gaplashmoqchi edi..Har holda qo’ni qo’shnidan so’rab surishtiray degan maqsadda pastda pista sotib o’tirgan bir ayol bilan salomlashdi..
-O’rgilay,shu yerda Moxira degan qiz yashar ekan-a,mabodo bilmaysizmi uni otasini qayerda ishlashini…?
-Voooy.siz haligi 2 qavatdagilarni so’rayapsizmi..?Uni onasi,.eri bilan ajrashib ketganida..ancha bo’lgan-u,yolg’iz yashaydi..
-Rostdan-a..?
Oftob aya g’alati ahvolga tushib qoldi..Og’lining aytishicha qizning otasi yuqori lavozimda ishlaydi..Onasi esa o’qituvchi deb ta’riflagan edi..Bu gaplarni eshitgandan so’ng esa qandaydir nohush his ko’nglini tilib o’tdi-yu,ammo indamadi..
Sotuvchi ayol bilan gapni qisqa qilib qo’yaqoldi..
Podezdga endi qadam qo’yayotgan edi..ortidan sotuvchi ayolni gapi eshitildi..
-Opa..o’zingiz bilasiz-u,lekin bu oila bilan muomila qilmaganingiz maqul..!
O’zini eshitmaslikka oldi Oftob aya..Chunki unda o’zga hech qanday chora yo’q edi..
Eshikni taqqilatdi…
Eshik ochilib ostonada..Moxira ko’rindi..
-Salom qizim..Men Rashidjonning onasiman..Kirsam maylimi..
-Salom..Kiravering..
Ichkariga kirib ikkalasi ham stulga cho’kishdi..
-Onangiz uyda bo’lsalar,bir ikkita maslahatli ish bor edi..
-Yo’q,oyimla hozir kelib qoladilar..Siz biroz o’tirib turing..
Oftob aya qizga sinchkovlik bilan razm solar ekan..Qandaydir bu qizni qiynalgan yoki siqilgan deb bo’lmasligini angladi..Qizning yuzlari rangin..Bu ustiga kulib turibdi..Odatda bu holatga tushgan qiz..Yig’lashi kerak emasmidi..?
Buni istiga mendan hech qanday istihola ham qilgani yo’q..!Tovbaa..
-Choydan iching,Rashid akamla yahshi yuribdilarmi?
-Xa,bir navi..Meni jo’natgan edi sizlarnikiga..Shuning uchun agar oyingiz uyda bo’lsa shuuu
Oxirgi so’zlari bug’ilib chiqdi…
-To’y masalasini hal qilib olishimiz kerak edi..
Moxira esa huddi o’rgatib qo’yilgandek javob berdi..
-Albatta-da,men ham o’ylab o’tirgan edim..Rashid akamlar sizni jo’natadi deb..
Qiz kulib javob berdi..
"Hozirgi zamon yoshlari g’alati-ku,bizning davrimizda sovchi kelsa,uyalganimizdan uydan chiqa olmasdik..O’zini tutishi ham odamda qandaydir shubha uyg’otadi…
-Bilasizmi,menga Rashid akamla,senga albatta uylanaman..seni jonimdan sevaman deb doim aytar edilar..Oxiri shu niyatlarini amalgam oshiray debsizda xolajon…
Oftob aya ortiq chiday olmadi..Ensasi qotib ketganidan yuzini burib,suhbat mavzuni o’zgartirmoqchi bo’ldi..
-Onangiz nima ish qiladir,qizim?
-Xaa,oyimlarmi..Ular hususiy poliklinikada varchlar..Haligi ayollar kasalliklari bo’yicha..Tushunasiz-ku..
Shu vaqt eshik qo’ng’irog’I chalinib qoldi..
Ichkariga Moxiraning onasi kirib keldi..
-Assalomu alaykum..
Olar obdon u yoq bu yoqdan so’rashishgandan so’ng,Oftob aya so’z boshladi…
-Singlim..Men Rashidjonning onasiman..Bu yerga bir masalada kelgan edim..
Kechagi voqeani blsangiz kerak..Shunga Bu masalani ikkalamiz imi jimida hal qilib qo’yishimiz zarur..Yoshlar adashishgan ekan..Siz bilan bizning farzimiz ularni yuzini yorug’ qilish..
Gapirish asnosida hijolatdan OFtob ayaning peshonasidan ter chqib ketayotgan edi..
-Bilaman..Ochig;ini aytsam..Men ham uxlab qolgan ekanman..Rashidingiz ichvorib qizimga rosa tegajog’lik qilibdi..Qizim qarshilik ko’rsatgan ekan..Uni zorlabdi..
Ha qisqasi gapiraman desa gap ko’p..Shuning uchun bu narsani imi jimida ikkalamiz yechsak bo’ladi..Men ham qizimni benomus bo’lib qolishini istamayman..
-Gapingiz tog’ri..Shuning uchun ikkimiz kelishib kichikroq bir marosim bilan ikki yoshni boshini qovushtirib qo’ysak..dedi Oftob aya..
-Iyaaa,nima deganingiz bu opa..!Meni qizim hamma qatori,oq fata kishinishi hohlayman..Qanaqa kichkina marosim..?!
Moxiraning onasi qahrli so’zlari bilan Oftob ayani chaqib oldi..
Oftob aya bu so’z hujumiga qarshi lom lum deya olmadi..Gapni bir joyga qo’yishgach ikki quda o’rnidan turishdi..
Oftob aya ostonga yetib oyoq kiyimini kiyayotgan edi..Bo’lajak qudasi u bilan o’pishib hayrlashdi..
Nimagadir u bilan hayrlashayotgan Oftob ayaning dimog’iga aroqning o’tkir hidi urildi…
Davomi bor..
Muallif:El_SHaFeY(Erkinbek Samandarov)
Просмотров: 299 | Добавил: gonch | Теги: MANZILLAR, RANGSIZ, (5-QISM) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: