Главная » 2013 » Апрель » 22 » RAYHON ENDI RADIOBOSHLOVCHI. “BOJALAR”ning KONSERTIDA RAYHON ISHTIROK ETADIMI?
21:07
RAYHON ENDI RADIOBOSHLOVCHI. “BOJALAR”ning KONSERTIDA RAYHON ISHTIROK ETADIMI?

Rayhonning prodyuserlik studiyasi ochgani haqida xabar bergandik. Reyting-parad uchun kurash olib borayotgan xonanda endi radioboshlovchilikni ham ixtiyor etdi. Shu haftada u xususiy radiokanallardan birida ikki loyiha bilan ishtirok etyapti. Bu loyihalar "Yetti ketti” xit-paradi va "Sevgi tarixi” deb atalgan. Bu vazifani qanchalik uddalashi esa kuzatuvlarimizdan so’ng ma’lum bo’ladi.


Rayhon

Rayhonning shu yilda yana ikki duet kuylaganidan xabaringiz bor. Ulardan biri "Bojalar” guruhi sardori Jahongir Poziljonov bilan "Intizorimsan” deya nomlangan duet. Ikkinchisi Sardor Rahimxon bilan kuylangan "Abadiy” dueti. Har ikki duet ham hali unchalik ham tinglanib ulgurmadi yoki ommalashmadi. Shu o’rinda Sardorning duetlar borasidagi fikrlariga quloq tutamiz.

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon: — Rayhon bilan bu ikkinchi duetimiz. Birinchisi "Sevgi o’yinmas” deya nomlangandi va u o’tgan yildagi konsertlarda kuylangandi. Bu yilgi dasturda biz "Abadiy” nomli duet kuyladik. Nazarimda tinglovchilarga ma’qul bo’ldi. Endi duetlarimning ommalashuviga kelsak, tan olaman, shu paytgacha kuylagan hech bir duetim ommalashib ketmadi. Negaki, ular reyting uchun yoki biror manfaatni ko’zlab ijro etilmagandi. Balki bundan keyingilari ommalashar?

"Bojalar”

"Bojalar” bilan kuylangan "Intizorimsan” dueti ham hali dovrug’ qozonmaganini hisobga olsak, demak Rayhonga nimadir yetishmayapti. Balki, ushbu duet "Bojalar”ning konsertida tilga tushar? Agarda Rayhon Jahongirning konsertida qatnashsa...

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 200 | Добавил: gonch | Теги: Endi, “BOJALAR”ning, ISHTIROK, RADIOBOSHLOVCHI., KONSERTIDA, Rayhon, ETADIMI? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: