Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Samolyotga chipta olib 1-reys bilan xorazmga uchdim. ….Lekin….afsus kechikibman…
17:44
Samolyotga chipta olib 1-reys bilan xorazmga uchdim. ….Lekin….afsus kechikibman…
O’lim …U qanchalar beshavqat. U insonlarning sevgan yoridan, yaqinlaridan, hayotining mazmuni bo’lib qolgan yoru-birodarlaridan ayiradi. Men hayotning bundan boshqa barcha sinovlariga chidagan bo’lar edim… O’lim.. u mening hayotim mazmuniga aylangan yoxud meni tushkunlik kayfiyatidan olib chiqqan quyoshimdan ayirdi. Men uni juda sog'indim, sog’inaman. Umrbod sog’inaman. Garchi o’sha muhabbat quyoshim botgan bo’lsada u bir umr mening qalbimda yuragimda yashaydi. Hali institutni tugatmagan edim . O’sha kezlarida bir vaqtning o’zida ikki yaqin insonimdan ayrildim. Ota-onam yo’qligini bildirmay meni o’sib ulg’aytirib voyaga yetkazgan buvijonim va jajji singilginam avtohalokatda vafot etishdi. Albatta bu ayriliq o’qishimga ham ta’sir qildi. Baholarim kundan-kunga pasayar, o’qishimdagi kursdoshlarimdan chetlashib borar edim. To’g’rirog’I odamovi bo’lib qoldim. Ammo men bu tushkunlikni yengishga qaror qildim. Hayotga olg’a intilib o’z irodam bilan bularni yengishga qaror qildim. Shunday kunlarning birida menga xudoyim go’ya najot, umid uchqunimni yubordi. Bu inson meni tushkunlik jarligidan qutqardiyu yana o’sha o’zi qutqargan tushkunlik, baxtsizlik, yolg’izlik, armonlar jarligining tubiga g’arq qildi. Nega dersiz, qanday qilib inson o’z sevganini shunday jazolashi mumkin.., Yo’q bizni o’lim ajratdi. Xuddi o’sha tushkun kayfiyat qamrab olgan paytlar qo’l telefonim jiringlab qoldi, men odatdagidek. Unga javob berdim. Bildimki u yigit adashib bitta songa do’stining raqamini noto’g’ri tergan . Garchi men qo’rslik bilan javob qaytarsamda, u Mendan uzr so’rab, haqiqatdan ham adashganini aytib sms yubordi. Lekin keyinchalik deyarli har kuni undan sevgi xatlari kelib turardi. Men ham unga javob yozadigan bo’ldim. Unga shunchalar o’rganib qoldimki. U bilan biro z suhbatlashmasam bo’lmasdi. Biz birimizga juda yaqin bo’glanib qolgandim U juda samimiy, men bilan chin dildan suhbatlashardi. Uni ko’rish istagi menda kundan kunga kuchayardi. Lekin oramizdagi masofa bunga to’sqinlik qilardi. Men unga rasmimni jo’natdim lekin kambag’al oiladan ekanligi va u telefoni oddiy bo’lgani uchun menga rasmini jo’nata olmasligini bilardim. Xullas, shu bilan oradan 3-oy o’tdi. daraxtlar sarg’ayib barg to’kadigan , yomg’ir yog’adigan kunlar keldi. Shunday kunlarning birida derazadan yomg’ir yog’ishini kuzatib hayol surardim. Telefonim nogoh chaqira boshladi. Shu payt kim qilishi mumkinligini o’ylab ko’targan edim, ha… qani endi shu qo’ng’iroq bo’lmasayu. Mem shu shum xabarni eshitmasaydim… Ey, ollohim bu qanday sinov edi. Bundan ko’ra quloqlarim kar, ko’zlarim ko’r bo’lmaydimi. Uning singlisi Bahodirni vafot etganini, u ancha yillardan buyon kasal ekanligini va davolanib kelayotganini aytdi. Lekin kecha kechqurun kasallik butun tansiga tarqab joni uzilganini aytdi. Bu paytda esa men hushimni yo’qota boshladim, hech narsani anglolmas, ko’z oldim qorong’ilashib ketgandim. Bu go’yo tush edi. Kuchli ta’sirlanganimdan hushimni yo’qotdim. Doktorlar meni kasalxonaga olib ketishdi. Ko’zimni ochishim bilan ularga ketishim kerakligini aytdim, ular bunga ruxsat berishmadi, ammo men baribii qochib ketdim. Samolyotga chipta olib 1-reys bilan xorazmga uchdim. ….Lekin….afsus kechikibman…janoza tugagan odamlar tarqashgan edi. Yig’ladim., ko’ksim to’la armon, dard bilan, yig’ladim, yolg’iz qolganimda o’ksinib yig’ladim, muhabbatimdan hayotga yashashga umid bog’lab meni o’sha jarlikdan qutqargan sevgimni bir umrga yo’qotganimda yig’ladim. Hasrat ko’zimda to’la yosh bilan yig’ladim. Endi hech kimim yo’q. na ota-onam, na yaqin qarindoshlarim va na bu hayotim mazmuniga aylangan muhabbatim sevgilim BAHODIRIM bor……. Bundan ham yomoni , qalbimni o’rtab azob beradigani uni hech bo’lmasa bir marotaba ham ko’rmaganim. Xullas uni men hayotda umuman ko’ramadim. Ammo qalban birga bo’ldim va bunda keyin ham u bir umr mening yuragimda yashaydi………..
YIG’LADIM KO’ZIM YO’LA YOSH BILAN
YIG’LADIM QALBIM TO’LA ARMON BILAN ,
YIG’LADIM U SEVGIMNI YO’QOTGANIM O’YLAB,
YIG'LADIM DARDLI HASRAT BILAN....
Просмотров: 502 | Добавил: gonch | Теги: 1-reys, uchdim., BILAN, Samolyotga, xorazmga, olib, chipta, kechikibman…, ….Lekin….afsus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: