Главная » 2013 » Апрель » 22 » SARDOR RAXIMXON KITOB ChIQARMOQChI
17:38
SARDOR RAXIMXON KITOB ChIQARMOQChI
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist serqirra xonanda Sardor Raximxon bugungi kunda o`z ijodi bilan barchani xushnud etmoqda desak  xato bo`lmaydi.Yaqindagina o`zining yangi klipini taqdim etgan xonanda endi o`zini yangi soxada sinab ko`rmoqchi ko`rinadi.Gap shundaki Sardor Raximxon shu kunlarda "O`zimga ayon” aforizmlar to`plamini o`z muxlislariga taqdim etish niyatida.Yodingizda bo`lsa ushbu  kitobchaning birinchi qismi 2009 yilda bo`lib o`tgan Sardor Raximxoning kontsert dasturida muxlislarga sovg`a qilingandi. Ushbu  aforizmlarning 2- qismi ham muxlislarni befarq qoldirmaydi deb o`ylaymiz. Shuningdek Sardor Raximxon Iqbol Muxammad musiqasi Nodir Azimov so`zi bilan yangi " Bir qara” deb nomlangan yangi sho`x tarona ijro etdi. Ushbu qo`shiqga  klipmeyker Narimon Sultonxodjaev tomonidan klip suratga olish ishlari boshlandi.Demak tez kunda Sardor Raximxondan yangi to`plam va yangi klipni qarshi olsak ajab emas.
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 326 | Добавил: gonch | Теги: Sardor, kitob, ChIQARMOQChI, RAXIMXON | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: