Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » SEVGI MAHBUSI HIKOYA EMAS XAYOTIM
10:27
SEVGI MAHBUSI HIKOYA EMAS XAYOTIM
XAYOTDA TO'G'RI YO'LDAN YURILA QIZLAR O'YINCHOQ YOKI OVUNCHOQ EMAS ULARNING BORIGA SHUKUR MANI XAYOTIMDA TANIGANLARDAN QILGANLARIM UCHUN KECHIRIM SO'RIMAN!!!

Men judda ham mag’rur edim.
Meni boshimni hech kim ega
olmasdi. Men shunchalar edimki,
hatto "malikalarga” ham qo’l
uchida qarardim. Men uchun
qizlar sariq chaqadek edi. Faqat
1 kunlik o’yinchoq. Faqat bir
kun, yani bir kecha uchun. Keyin
alvido. Ular mani man ularni
tanimiyman. Yahshiroq bo’lsa 2
kun edi. Lekin bunaqasi kam
uchraydi. Man hech o’ylamagan
edim bittasiga bog’lanib qolaman
deb. U judda ham boshqacha
edi. Uni ilk marotaba kechasi
bekatda ko’rdim. U boshqa
qizlardan ajralib turardi. Goh
gohida avtobus kelayaptimikan
deb boshini cho’zib qarardi.
Shunda uzun sochlari yelkasidan
tushib yerga tegay derdi. Kamiga
shmol esib sochlarini orqaga
yoyardi. U sal hafadek sochlarini
yana yig’ib olardi. Unga tikkilib
turib hayolimga u meniki bo’lishi
kerakligi keldi. Uni oldiga borib
hayosizlarcha undan, buni ayta
olmayman. Qanday qilib shunday
qizga bu gaplarni aytganimni
hech tushuna olmayman. Yoki
men ko’chadagi qizlar bilan
ochiqchasiga gaplashaverib
o’rganib qolgandirman. Nahotki
bu qizni ham shunday
kapalaklardan deb o’yladim. Uni
bu gapimdan keyin ko’ziga yosh
kelib, menga qarashlari va "men
undaylardan emasman” deb
nafratga to’la so’zlarini qalbim
devoriga urilib, undagi barcha
yovuz kuchlarni sindirib tashladi.
Ko’chada yurgan g’ururli, boshi
egilmagan mendek bir oliftani
shu qiz birgina "men
undaylardan emasman” degan
so’zlari bilan poyiga bosh egdirdi.
Undan tiz cho’kib gaplarim
uchun kechirim so’rashga ham
tayyor edim. Lekin u ketib qoldi.
Ancha vaqt bekatda turdim.
Qancha bilmayman. Ortimdan
bir qizni bu o’sha sizmi degan
gapi meni qo’zg’alishga majbur
etdi. Qaradim. Kimligini
tanimadim boshida. O’zini
tanshtirdi. 1 oy oldin u bilan
bo’lgan ekanman. O’zimdan
o’zim jirkanib ketdim. Yonimda
shayton turgandek edi. Indamay
ortga burilib qochdim. Yugurdim.
Yugurdim. Yugurdim. Nega
yugurayotganimni bilmasdim.
Rosa ko’p yugurdim. Oxiri bir
darahtni orqasida to’xtadim.
Qulog’imga bir qizni yordam
so’rab baqirayotgani eshitildi.
Nafasimni rostlamasdan o’sha
tomonga yugurdim. Mashina
turardi. Ichida bir erkak va qizmi?
Bilmadim. Qiz nuqul baqirardi.
Yordam so’rardi. Mashinaga
yaqinlashib haligi erkakni
ichkaridan sug’irib oldim.
Ichkaridagi qizga qaradim. Bu
o’sha uzun sochli qiz edi.
Qanday qilib bunaqa joyga kelib
qoldi. Haydovchiga qarardim
yerda ayb ish qilib qo’ygan
boladek qaltirab yotardi. Bir
paytlar o’zim ham shunday ishlar
qilib yurardim. Lekin bunchalikka
bormasdim. Men zo’rlamasdim.
Ular o’zlari hohlashardi.
Haydovchini oldida meni gavdam
savlatliroq edi. Unga nima
sababdan singlimga tegajorlik
qilganini so’radim. "U sizni
singlizmidi, bilmabman. Meni
shayton yo’ldan urdi” deya oldi
halos. Qilar ishni qilib aybni
shaytonga ag’dardi bu iflos. Bu
payt uzun sochli qiz mashinadan
tushib yugurib ketardi. Uni
ortidan quvdim. Yetib oldim.
Menga nafrat ko’zlari bilan
qarardi. Unga men iltijoli tikilib
turardim. Menda nima ayb
dedim. U faqat bir gapni aytardi
"men senlardan nafratlanaman.
Hammang bir xilsanlar. Sen
bo’lmaganingda men shu
mashinaga chiqmasdim. Sen
menga shilqimlik qilmaganingda
avtobusga chiqardim. Nima
hamma kechqurun yurgan qizlar
"yomon” qizlarmi? Sen shunday
fikrlaysan. Men shifoxonadan
onamni oldidan kelayotgandim.
Ular og’ir betoblar, o’zlarini
eplay olmayaptilar, men 3 kun
oldilarida o’tirdim. Bugun endi
uyimga ketayotgandim. Uyda
kichik ukalarim bor. Ularga ham
men qarashim kerak. Senlar esa
meni bu kuyga solayapsanlar.
Shunaqa ham omadsiz
bo’lamanmi? Keyin sen meni
akammassan. Endi ket ko’zimga
ko’rinma. Men sendan
nafratlanaman” derdi . Men
hayron qoldim. Nahotki shuncha
azob boshini ko’tarib yuribdi.
Mendan nima sababdan
nafratlanadi. Unga yordam
berishim kerak. Hayotda yahshi
odamlar borligini ko’rsataman. U
hohlamasa ham uyiga kuzatib
qo’yaman. Nahotki men
shunchalar tubanlashib ketgan
bo’lsam. Men o’zgaraman.
Ichimda yahshi inson borligini
bilaman. U endi uyg’ondi. Bu
qizni sevgisini qozonaman. Bu
qizni gapirishlari, chiroyi meni
o’ziga ohangrabodek tortdi. Uni
sevgisi uchun har narsaga ham
tayyorman. Qo’limga endi sevgi
kishanlari taqildi. Bu kishandan
meni hech kim ozod etolmaydi.
Men butun umr shu kishanda
yurishga tayyorman. Men uning
asiriman. Men uni hech kimga
bermayman. Men uni yordam
qilibmas, odamiyligim bilan sevib
qoldiraman. Men buni amalga
oshira olaman. Kerak bo’lsa u
bilan bemor onasini oldida
hohlaganicha turaman. Unga
dalda bo’laman. Uni menga
bo’lgan nafrati muhabbatga
aylanadi. Uni uyiga olib
boraman.....
Просмотров: 417 | Добавил: gonch | Теги: MAHBUSI, HIKOYA, XAYOTIM, EMAS, sevgi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: