Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Sevgingdan bir parcha bergin.
12:00
Sevgingdan bir parcha bergin.
Yuragim ishqingda cho'g'dek yonsaham.
Dunyodagi barcha mendan tonsaham.
Telbadeb qalbimni yulib olsaham.
Ollohim sevgingdan bir parcha bergin.

Mayliga cho'llarni kezay umurbod.
Holimni ko'rganlar deb yuborsin dod.
Diydoringa yetolmay qilayin faryod.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Nomingni aytmasdan tura olmayin.
Seni o'ylamasdan yura olmayin.
Mayliga boy odam bo'la olmayin.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Desinlar ko'rganlar kim bu devona.
Ishqingda kul bo'lay men yona yona.
Azoblardan hil hil bo'lsin shu jona.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Toki kuzlarimdan mehir porlasin.
Ishqingni taftidan qalbim gullasin.
Bugun shayton alamdan o'ksib yig'lasin.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Borliqni sevgi birla ko'rishim uchun.
Asl sevgi qandayligin bilishim uchun.
Dunyo azoblariga dosh berishim uchun.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Ishqsiz qalbim misli muzga aylangan.
Tilim shakar emas tuzga aylangan.
Umrimham ohirlab kuzga aylangan.
Ollohim ishqingdan bir parcha bergin.

Oltinbola ijodidan.
Просмотров: 315 | Добавил: gonch | Теги: bergin., bir, parcha, Sevgingdan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: