SHABNAMI SURAYYO O'ZBEKCHA KUYLAYDIMI? - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » SHABNAMI SURAYYO O'ZBEKCHA KUYLAYDIMI?
22:22
SHABNAMI SURAYYO O'ZBEKCHA KUYLAYDIMI?

O'zbekistonimizga o'zining "Safar dumbola dorad" nomli qo'shig'i
bilan kirib, xalq orasida anchagina tanilgan Tojikiston estrada yulduzi
Shabnami Surayyo, o'tgan yillar mobaynida o'zining qator taronalari
bilan anchagina muxlislar ortirishga muvaffaq bo'ldi. Uning malakali
klipmeykeri-Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda tasvirga olgan "Hama
qarsak", "Sabza ba noz", "Mazameta" nomli qo'shiqlari ham muxlislarga
ajoyib tuhfa bo'ldi. Shou-biznes olami vakillari Respublikamizning bir
necha hududlarida konsert dasturlarini taqdim etgan Shabnamning
O'zbekistondagi ijodiy fa'oliyatini yuqori baholashdi.

Xonanda o'zining oxirgi konsert dasturida san'at ahli uchun "Lazola"
nomli qo'shig'ini taqdim etdi. Ushbu milliy va zamonaviy ruhiyat
uyg'unlashgan taronada o'zbekcha va tojikcha matnlar mavjud. Jumladan
quyidagi

Lazola-zola-zola,

Doyim faqat birga bo'lay.

Lazola-zola-zola

Endi faqat senla qolay...

Aynan ushbu she'riy satrlar qo'shiqni boshlab beradi. Ha aytmoqchi
Shabnami Surayyo ushbu qo'shig'ini muxlislariga taqdim etgan albomida
ham joylashtirgan.
$IMAGE3$

Mazkur ma'lumotlarni maxsus shou.doira.uz sayti uchun Tojikistonning Tursunzoda viloyatiga borib to'pladik.

shou.doira.uz 


Surxondaryodan Parviz Fattoyev tayyorladi!

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 189 | Добавил: gonch | Теги: SHABNAMI, SURAYYO, KUYLAYDIMI?, O'ZBEKCHA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: