Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Шармандага шаҳар кенг(ми?)
15:19
Шармандага шаҳар кенг(ми?)
Ishdan enidigina kelib, kiyimlarimni almashtirishga ulgurmasimdan ayolim gap boshlab qoldi (xotinlarning ichida gap turarmidi):
– Voy dadasi, bugun bolalarni boqqa olib chiqqandim, shunaqa narsa ko`rib qold-i-i-m, er yorilsayu, erga kirib ketsam...
Tushunarli. jiyanlarim biznikiga dam olishga kelishgan. Uyimiz Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`ining yaqinida. Bolalarni o`sha erga aylantirgani olib chiqqan.
– Ҳa, nimani ko`rib qoldingiz, – so`radim men, – juda vahimaliga o`xshaydi gapirishingizdan. 
– E-e, vahimali bo`lmay o`lsin. Bolalar basseynda cho`milishdi, keyin uyga qaytayotsak, skameykada bir yigit bilan qiz o`tirvolib shunaqa bemazagarchilik qilyaptiki, aytgani til bormaydi. Ikkovi ham o`zini bosolmaydi-ya, bolalarning oldida xijolat bo`lganimdan o`zimni qo`yarga joy topolmadim. Bechoralarni yugurtirib o`tkazdim o`sha erdan.
– O`zbek ekanmi ular?
– Ҳa-a, ikkalasiyam o`zbek.
– Ҳech bo`lmasa qizni tartibga chaqirib qo`ymabsiz-da.
– Qayoqda deysiz, qo`rqqanimdan oyog`im qaltirab zo`rg`a o`tvoldim-ku.
– Nima, hech kim indamadimi?
– Shuni ayting, dadasi, hech kim nima qilyapsan demaydi-ya. Katta yoshdagi amakilar ham hech narsa ko`rmaganday parvo qilishmadi...
Abdulla Qodiriy nomidagi bog` ochilganida juda xursand bo`lganmiz. Chunki yaqin o`rtada oilaviy hordiq chiqaradigan maskan yo`q. Lekin «istirohat» so`zini boshqacha tushunadigan ayrim yoshlar uchun bu er visol bog`iga aylanib qolgan. Bir-birining pinjiga kirvolib aylanib yurishlariga chidasa bo`lar, ammo skameykalarda o`rivolib, atrofdagilarni umuman pisand qilmay, istagancha ko`ngil xushlaydigan yigit-qizlarga ko`rib qolsangiz, ko`zingizni yumib o`tishdan boshqa iloj yo`q. Ҳa, Xudodan uyalmaganlar, bandasidan xijolat bo`larmidi. Aqalli bog` ma`muriyati o`sha odobsizlarni tartibga solib qo`ysa bo`ladi-ku. Axir boqqa asosan ota-onalar yosh bolalarini o`ynatgani olib kelishadi. Uyatsiz manzaralarga guvoh bo`lgan bolakaylar qanday xayolga borishadi? Ularning tarbiyasiga ham salbiy ta`sir qilmaydimi bu holat?
– O`sha qiz kun kelib turmush qurar, – deydi ayolim, – o`shanda turmush o`rtog`ining ko`ziga qanday qararkan? Bog`larda qilib yurgan ishlari esiga tushib, vijdoni qiynalmasmikan? 
– Vijdoni bo`lganida bunday ishlarga qo`l urmasdi, – javob qildim men. – Qolaversa, Yaratganning adolati haq. Kun kelib o`sha ahmoq yigit o`ziga o`xshagan buzuq qizga uylanadi, hayosiz qizga esa buzuqchilikda uchiga chiqqan kuyov uchraydi.
Jigit va qizning tarbiyaga muhtojligi kunday ravshan. Eng avvalo ularda bunday «oshkoralik» paydo bo`lishida bizning ham «hissamiz» borligini unutmaylik. «Mening ishim nima», deb yuz o`girib o`tib ketaversak, bir kun o`zimizning farzandlarimizni ham o`sha skameykalarda ko`rib qolmasaydik... 

Abror Adhamzoda
Просмотров: 413 | Добавил: gonch | Теги: кенг(ми?), Шармандага, шаҳар | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: