Shoxruxxonga savol - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » Shoxruxxonga savol
23:11
Shoxruxxonga savol


Salom Shoxruxxon, man sizni ijodingizni judayam yaxshi ko'raman va hurmat qilaman san'atkor sifatida ham, aktyor sifatida ham. Barcha taronalaringiz yuragimdan chuqur o'rin egallagan, ayniqsa "Armonim" taronangiz... Ilohim hech qachon ijod qilishdan charchamang, ollox o'zi siga quvvat bersin! Sizga savollarim esa quyidagilar, javoblaringiz uchun esa oldindan kottakon raxmat!  

1) Taronalaringiz asosan sevgi va ayriliq g'oyalariga tayangan sokin taronalar,bunga sabab bu narsalar o'zingizni boshingizdan o'tgani uchunmi yoki boshqa sabablari bormi?

2) Agar hayotingizni qaysidir lahzalarini o'zgartirishni iloji bo'lsa yoki majbur bo'lsangiz qaysi lahzalarni oz'gartirgan bo'lardingiz?(Iltimos, faqatgina ko'pchilik boshqa san'atkorlar singari hech narsani, hayotim qanday bo'lsa shundayligicha qolishini hohlayman demang).

3) Insonlardagi eng hurmat qiladigan va nafratlanadigan hislatlaringiz?

4) Hayotdagi siz uchun eng bebaho bo'lgan narsa va inson? Ularning bebaholigi nimada?

5) Eshitishimcha,"Oxrigi qarz" filmini senariysini o'zingiz va onangiz, Zebo Navrozova birgalikda yozgan ekansizlar, filmni g'oyasini hayotdan olganmisizlar yoki shunchaki o'ylab topilganmi?

6) Siz uchun "Do'st" so'zining ma'nosi? Do'stlar orasida kechira oladigan va kechira olmaydigan hislatlaringiz?

7) Tasavvuringizdagi kelajakdagi 15-20yildan keyingi Shoxruxxon, u qanday bo'lishi mumkin?

8) Muhlislaringiz soni bilan, ya'ni qanchaligi bilan hech qiziqib ko'rganmisiz? Sizningcha, ya'ni taxminiy qancha bo'lishi mumkin?

9 )Hech o'ylab ko'rganmisiz ana shu aytgan taronalaringiz bir kunda qancha insonlarni hursand qiladiyu, qanchasini yig'latadi,ya'ni yuraklariga yetib borib ularni tosh yuraklarini eritadi? Masalan, men yo'q deganda bir kunda "Armonim" taronangizni 2-3 marotabalab eshitaman, boshqalarini esa 1-2marotaba tinglayman (bu shunchaki gap emas bor haqiqat chunki to'g'risiijodingizni judayam-judayam yaxshi ko'raman) va ming hohlamaganimda ham nogahon ko'zimga yosh keladi, chunki taronalaringiz judayam ta'sirchan...

10) Kelajakda qaysi davlatlarda konsertlar berish niyatlaringiz bor? Kanadada ham Shoxruxxonni konsertlarini kutsak bo'ladimi?

Ho'sh, hozircha savollarim shular. Yana bir bor javoblar uchun oldindan kottakon raxmat va ijodingizda ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolaman!!! :) Parizoda



Шохруххон:- 1. Қайсидир сабаблари ўзимни бошимдан ўтган. Қайсидир сабаблари эса, кинолардан у-бу нарсадан таъсирланаман масалан, бировни ҳаётиданми. Шулардан келиб чиқади.

2. Мен ундай демайман. Чунки, мен кўп нарсани ўзгартириб юборардим. Ўқиш томонлама, чунки мен (жилмайиб) унча яхши ўқимаганман-де. Шунинг учун, мен ўзимни билимларимдан ўзим қониқмайман. Агар ўзгартира олганимда, кичкиналигимдан яхшироқ ўқишга ҳаракат қилардим. Кўпроқ ўқирдим.

3. Инсонларни меҳрибончилиги, бир-бирларини яхши кўриб қоладиган хислатлари бор. Шу хислатларни ҳурмат қиламан. Ҳасадгўйларни ёмон кўраман.

4. Ҳамма нарса бебаҳо бўлиши мумкин. Масалан, яқин ўртоғинг кичкина нарса берса ҳам, ўша нарса умрингни охиригача бебаҳо бўлиб қолиши мумкин. Инсон ўзи умуман бебаҳо. Мен учун бебаҳо инсон эса бу онам, дўстларим, яқинларим, юртдошларим.

5. Ҳаётдан келиб чиқади кинолар. Ҳаётдан олмаганмиз, лекин ҳаётий тарафлари бор. Ҳаётда ҳамма нарса бўлади-ку.

6. "Дўст” сўзини маъноси ҳақида юқорида айтиб ўтдим. Агар яқин дўстинг сени сотиб кетадиган бўлса, уни кечириш қийин бўлади, кечириб бўлмайди. Кечира олишга келсак, дўстликда бошқа кўп нарсани кечира оламан.

7. Бу саволга бошқа бир газетадаги "Кўнгил” лойиҳасидаги интервьюда жавоб берганман.

8. Йўқ. Қизиқиб кўрмаганман. Билмайман.

9. Ҳар бир ижодкор ўз қўшиғини "эшитишармикан, кимгадир ёқармикан” деб барибир ўйлаб кўради менимча. Самимий сўзлар учун раҳмат.

10. Кўрамиз энди. Вақт кўрсатади. Худо ҳоҳласа.


Феруза Фаттохова



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 229 | Добавил: gonch | Теги: savol, Shoxruxxonga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: