Главная » 2013 » Апрель » 22 » Sitora Farmonova kelin ko’ylakda qochib ketgan
22:45
Sitora Farmonova kelin ko’ylakda qochib ketgan

- Aytishlaricha hovlingizni kuniga 5-6 marta supurib chiqar ekansiz. Bu rostmi yoki yolg'on?

- Albatta rost, chunki har qiz uyini
yig'ishtirishni, hovlini supurib chiqishni kanda qilmaydi deb
o'ylayman. Men ham ertalab ko'zimni ochib, onamlarga uy ishlarida
yordam beraman. Sur'atga olish ishlari bo'lmaganida uyimni tozalab
pishiriqlar pishirib uydagi hamma ishlarni qilaman. Men ham bir
oilaning qiziman (kulib).

- Nega aynan 5-6 marta hovlilarni ispirasiz?

- Chunki kuzda hammayoq hazon, daraxtlardagi
xazon yana hovlimizda 2 ta katta va to'polonchi itlarimiz bor. Hamma
yerni titib kir qilib tashlashadi. Shuning uchun ularning ketidan
tozalab turmasa bo'lmaydi. Chunki uyimga meni muxlislarim,qo'shnilarim
kelib habar olib ketishadi. Shuning uchun uy doim toza bo'lib turishi
kerak.

- Siz ko'pincha uyda bo'lmaysiz. To'g'rimi?

- To'g'ri

- Siz bo'lmasangiz bu ishlarni kim qiladi?

- Singlim qiladi. Men uyda bo'lsam men yordam
beraman. Oilada ikki qizmiz, doim bir-birimizga yordamlashib,
bir-birmizni qo'llab quvvatlaymiz.

- Bilishimizcha singlingiz aktrisa bo'laman deganida qarshilik qilgan ekansiz. Shu rostmi?

- To'g'ri qarshilik bildirganman. Chunki bizda
avlodimizda umuman san'atkorlar bo'lmagan shu darajaga yetishishim
uchun juda qiynalganman. 10 yil ichida qancha kino sinovlar, kastingdan
o'tmasliklar ancha bo'lgan. Shuning uchun singlim va ukam boshqa
sohada. Oilada uch sohada bir bo'lsak bir-birimizga yordam beramiz.
Misol uchun singlim iqtisodchi, ukam esa yurist. Ovqat qilayotganda ham
sabsavotlarni har xilini solasizku shirin bo'lishi uchun. Oilada ham
shunday bo'lsin dedimde.


- Yangi yilni nishonlash uchun Gollivudga jo'nab ketishingiz to'g'rimi?

- O', endi yangi yil haqidagi rejalarmni hali
hech kimga aytmadim. Bu narsani ota-onam bilan maslahatlashishim kerak.
Yangi yil rejasi hozirda tuzilmoqda, lekin hali xalq bo'lgani yoq.

- Lekin rejada bor, to'g'rimi?

- Ha, rejada bor albatta.

- Sizni sayohatchi aktrisa deb eshitgan edim. Bu ham rostmi?

(Kulib) Rost, chunki sayohat qilishni, dunyo
ko'rishni, atrof muhutni go'zalligini juda yaxshi ko'raman. Yaqinda
Almataga borib keldim. Endi baribir odam bir joyda o'tirishi kerak
emas. Meni rahmatli bobom ham sayohatchi bo'lganlar. Dunyo ko'rgan
inson desam adashmayman. Chunki ko'rmagan davlatlari, shaharlari
qolmagan. Har yili qish, yoz , borib, korib, aylanib, sayohatchi edilar.

- Sizga ham yuqibdide a?

- (Kulib) ha.

- Sitora Farmonovaning turmushga chiqqanligi to'g'rimi?

- Yo'q bu to'g'ri emas. Bu narsa juda shov-shuvli
mish-mish bo'ldi. Bu yana navbatdagi mish-mish desam adashmayman.
Gastrolga Almataga 2 oyga ketgan edim, qaytganimdan so'ng do'stlarim
Sitor nima bo'ldi? Nimaga yo'q bo'lib qolding? Deb hamma havotirlandi.
Gastrolda edim desam ular biz boshqa gap eshitdik deyishdi.
Mish-mishlar bo'yicha men turmushga chiqayotgan kunim kelin ko'ylakda
qochib ketibman va qaynonamni yuraklari huruj bo'lib kordiologiyada
yotgan ekanlar. 2 oy gastrolda bo'lganim uchun shu gap rost Sitora
qochib ketdi degan mish-mishlar tarqalib ketdi. Lekin bu gap yolg'on
chunki agar Hudo xoxlasa turmushga chiqsam albatta sizlarni ham taklif
etaman.

- Gap so'zlarga qaraganda "Sunami - 2" saundtrekini kuylabdiz. Shu rostmi?

- "Sunami - 2" saundtrekini kuyladimku lekin bu
narsa chiqmadi. Ayrim sabarlarga ko'ra premyerada Murod aka Rajabov
bo'lmadilar. Bu narsa amalga oshmay qoldi. Hudo xoxlasa "Bayram"
studiyasi bilan ishlash rejamda bor. Keyingi kartinada mendan albatta
sauntrek ko'rasiz.

- Sizni liboslar rasmini chizishga tengi yo'q deb eshitgan edim. Shu gap rostmi?

- Yoshligimdan qiziqgan mashg'ulotim. Garcha
san'at sohasini qizil diplomga bitirmagan bo'lsam ham, lekin bu sohada
o'qib qizil diplom bilan bitirganman. Rasm chizishni juda ham qiziqaman
kartinalar emas ayni ayyolar liboslar rasmini chizishni yaxshi
ko'raman. Bo'sh qoldim deguncha rasmlar chizishni boshlayman. Bir Hudo
xoxlasa ijodiy kun qilamiz.

- Oyoq kiyimlaringizni kolleksiya qilashingiz to'g'rimi?

- Oyoq kiyimlaga juda qiziqaman. Mana hozir oyoq
kiyim sotib oldimu 2-3 kundan keyin do'konda yangilarini ko'rib qolsam
bo'ldi. Shu yangisini olib eskisini yodimdan chiqarib qo'yaman. 2-3
hafta shkafda turadi kiyin singlim ularni tozalab karobkaga solib
ikkinchi shkafga solib qo'yadi.

-Ko'pgina rollaringiz hayotingizga ta'sir qilganligi rostmi?

- Rost, masalan Firdavs akani "Beg'uborim"
kliplarida chiqganman. U yerda qizning ko'ziga suyuqlik tushadi.
Qizning ko'zi ko'rmay qoladi. Meni uyimda ham huddi shunaqa bo'ldi.
Mani shu klipda o'ynaganimdan keyin uyimda narsa tushib ketdide,
haqiqatdan kasal xonaga tushib qoldim.

- Ko'zingiz ko'rmay qolganmi?

- Ko'zim ko'r bo'lib qolmagan. Lekin shifohonada davolanganman, ko'zimdagi parda qirilgani uchun.

- Xonanda Mirjamol bilan o'rtangizda sevgi bor deyishadi.

- O', Ho', Sevgi bor lekin do'stlik sevgisi.
Mirjamol bilan biz aka singildek bo'lib ketganmiz. Lekin sevgi muhabbat
o'rtamizda bo'lmagan. Qalin do'stlar ortasida hech qachon sevgi
bo'lishi mumkin emas.

- Gap so'zlarga qaraganda mashinalarni modeliga juda qiziqar ekansiz. Bu qanchalik haqiqat?

- Internetda ham yangi mashinalarni ko'rishga
qiziqaman. To'g'ri bu narsaga qiziqishim baland hattoki otam bilan bu
masalada ko'p suhbatlashamiz.

- Dilnoza Kubayeva bilan yaqin dugonasizlarmi?

- To'g'ri Dilnozani meni juda ham hurmat qilaman.
San'at oliygohida birga o'qiganmiz. Yaqinda bir do'stim so'rab qoldi.
O'rtoq Dilnoza Kubayevani juda yaxshi ko'raman. Men unga sovchi
yubormoqchiman. Shunga nima deysan deganida. Men qaysi bir inson haqida
kimdandur so'rasang yaxshi deb qo'yishadi. Lekib Dilnoz haqida ichimdan
gapirvoman dedim, shu qizga besh ketaman. Agar mani akam bo'lganida
dedim Dilnozani kelin qilmasdan qolmas edim dedim. Chunki u juda iboli,
hayoli, hayotda ham quvnoq ayyol. Dilnozaga men chin dildan omad
tilayman. Gulchehra Eshonqulovaga, Oydin Yusupovaga har bir va yangi
chiqayotgan aktrisalarimizga baxt va omad tilab qolaman.

- Lekin Oydin Yusupova bilan chiqishmas ekansizlar. Nahotki shu gap rost bo'lsa?

- Yo'q nimaga mana Oydin bilan
studiyalarda ko'rishib gaplashib o'tiramiz. Etyapmanku mish-mishlarga
qaraganda meni o'ldiga ham chiqarishgan va yana Oydin Yusupova bilan
urush janjal qilgan ekanmiz. Bu gaplarning barisi yolg'on. Chunki
Oydini onasi va uydagilari bilan ham yaxshiman. Onasi juda yaxshi
insonlar. Ularni juda hurmat qilaman. Oydin ham juda yaxshi qiz, o'ziga
yarasha mahorati va chiroyi bor.

- Oydin bilan hozir ham gaplashib turasizlarmi?

- Albatta.

- Ohirgi marta qachon ko'rishdingiz?

- 5-6 kun bo'lib qoldi studiyada ko'rishdik. Oydin bilan munosabatimiz yaxshi.

Maroqli suhbat uchun katta rahmat!

Toymuxamedova Laziza

shou.doira.uz
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 323 | Добавил: gonch | Теги: kelin, Ketgan, qochib, Farmonova, ko’ylakda, Sitora | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: