Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Siz uchun egildi tik turgan boshim ..
11:14
Siz uchun egildi tik turgan boshim ..
Yana o'sha alam , o'sha iztirob 
Hijron 
qo'llarida bo'ldimku 
xarob 
Dardga shifo bermas hattoki sarob
Yig'larman , yig'larman yana yig'larman
 Siz uchun egildi tik turgan boshim 
Endi qaro tunlar mening sirdoshim 
Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim 
Yig'larman , yig'larman yana yig'larman 
Orzular , vadalar uchdi havoga 
Nahot mendek maSHuq sig'mas dunyoga 
Nolalar etmassiz Qodir Xudoga 
Yig'larman , yig'larman yana yig'larman
 Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on 
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan 
Sizsiz yuragimga azoblar solgan 
Yig'larman ,  yig'larman yana yig'larman 
Baxtingiz tilashdan o'zga yoq choram 
Barcha ichra tanho yakka yagonam 
Alvido , alvido mangu birdonam 
Yig'larman ,  yig'larman yana yig'larman.
Просмотров: 280 | Добавил: gonch | Теги: .., egildi, boshim, Siz, UCHUN, turgan, tik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: