Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » sizni endi aslo kechirmasman
16:10
sizni endi aslo kechirmasman
Ketdim debon ortingizga tez qaytingiz
Sevgingizni nechta gulga siz aytingiz
Lavzingizdan tonib unutib axtingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Menga emas gulni o'zgaga tutdingiz
Yo'llarimda meni emas o'zgani kutdingiz
Hech uyalmay xatto qasam xam yutdingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

O'zga ko'zdan mehirlarni izladingiz
Shirin shirin yolg'onlarni so'zladingiz
Bilmam mendan asli neni ko'zladingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Kechga bormay ayrilardik yo'llar olis
Bilsam asli niyatingiz emas holis
Siz bosgan yo'l ekin emas biling poliz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Ayting qani haqiqatni qancha kechirdim
Bilib bilmay qalbimginamga ozor ichirdim
Bugun sizni endi yurakdan o'chirdim
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Mayli keting o'sha gullarda qoling
Mendan o'sha sadoqatni yulib oling
Ammo bir gapimni qulog'izga quyib oling
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Endi sira ko'zlarimdan mehr kutmang
Qo'llarizda so'ligan gulni menga tutmang
Meni deya aslo yolg'on qasam yutmang
Bo'ldi sizni aslo endi kechirmasman
Qalbginamga yana armon ichirmasman
Просмотров: 468 | Добавил: gonch | Теги: Endi, sizni, aslo, kechirmasman | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: