Главная » 2013 » Апрель » 22 » Super SHOK!!! Ruhshona va Avraam Russo!
18:58
Super SHOK!!! Ruhshona va Avraam Russo!


O'zbek estradasining yorqin vakilasi Ruhshona hamda Rossiya estradasining mashhur namoyondasi Avraam Russo birgalikda duet kuylashdi. Kutilmaganda, taqdim etilayotgan bu yangilik barchani birdek quvonchli "shok" holatiga tushirsa ajab emas. Ayni daqiqalarda Ruhshona va Avraam Russo tomonidan ijro etilgan "Blagodaryu" taronasiga klip tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda. Biz esa o'z o'rnida ushbu klipning suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotolavhalarni sizlarga "Fotoalbom" sahifasi orqali taqdim etmoqdamiz. Ushbu qo'shiq matn va musiqa muallifi Shahnoz, aranjirovkasi esa Jasur Abdurahmonovga tegishli. Qo'shiq "Tarona Records" studiyasida yozildi. Klip esa "Akfa-media" pavilionida Mirmaqsud Oxunov hamda Rustam Murodov boshchiligida suratga olinmoqda. Tez kunda klipni kutib qoling!




Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 233 | Добавил: gonch | Теги: VA, Super, Russo!, Avraam, SHOK!!!, Ruhshona | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: