Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Taqdir chiziqlari raqam va hujjatlarda.
13:25
Taqdir chiziqlari raqam va hujjatlarda.
Zamonaviy insonni hujjatsiz tasavvur etish qiyin. Dunyoga kelganida tug’ilganlik haqidagi guvohnoma, undan keyin maktab attestati, passport va sgu kabi boshqa turli tuman shaxni tasdiqlovchi hujjatlar uning doimiy hamrohiga aylangan. Bu hujjatlarning har biri o’z raqamiga ega. 
Numeralogiya fanining ma’lumotlariga qaraganda, hujjatlardagi raqamlar ham inson taqdiriga o’z ta’sirini o’tkazar ekan. Shxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)dagi raqamga qarab, insonning fe’l-atvorini bilib olish mumkin. 
Masalan; passport raqamingiz 1214000 bo’lsa, ularni 1 dan 9 gacha bo’lgan raqam hosil bo’lgunicha bir-biriga qo’shing: 1+2+1+4+0+0+0=8 
Xosil bo’lgan raqam 8. endi shu chiqqan raqamga keltirilgan tarifni o’qib, mulohaza qilib ko’rin! OMAD! 

1-o’ziga ishongan, kuchli insonlarga tegishli raqam. Bunday insonlar kirishimli va tengqurlari orasida o’z o’rniga ega bo’la oladigan shaxslardir. 1 raqamli pasport egalari orasida rahbar va boshqaruvchilar ko’plab uchraydi. 

2-shinavanda, qiziqisgi hamkasblari va jamoaniki bilan bir hil insonlarning raqami. Ular ishxonaning yuragi bo’lib, jamoaning hamfikir va bir-birini dildan tushinib ishlashlariga sharoit yaratishga xarakat qilishadi. Bu insonlar birovning shxsiyatiga tegmay, ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishi mumkin. 

3-ijodkor insonlarga xos raqam. Bu raqam egalari orasida jurnalist, o’qituvchi, ruhshinoslar ko’plab uchraydi. Ular notanish inson bilan tezda til topishib ketadigan bo’lishadi. Yaqinlariga ko’p vaqt ajrata olishmasada, oiladagi muammolarni osonlik bilan hal etishlari mumkin. 

4-faol insonlarning raqami. Ular hayotlarini bekorchilida tasavvur ham etolmaydilar. Dam olish kunlarini ham divanda cho’zilib uzlash yoki televizor tomosha qilishdan ko’ra, biror yumish bilan o’tkazishni ma’qul ko’rishadi. Bunday insonlar rahbarlik kursiga o’tirib qolsa, yordamchilariga ishonmay, har bir ishni o’z nazoratidan o’tkazmaguncha tinchimaydilar. 

5-doimo biror yangilik qidirib yuradiganlar raqami. 5 soniga ega shaxslar omadsizlikka uchrasa ham, o’z intilishlaridan voz kechmaydi. Ularga pulli ishdan ko’ra, didlariga mos keluvchi soha ma’qulroq. Ammo ularning qiziqishlari oilada tushunmovchiliklarni yuzaga keltirishi ham mumkin. 

6- o’ziga ham, o’zgalarga ham puxta, aniq va talabchan bo’ladigan insonlarga xos raqam. 6 soni kuchli fe’l-atvor va yirik muassasalarning rahbarlariga mos keldi. Oilada bunday insonlar yonida o’zingizni tog’day suyanchiqqa egaday his etasiz. Ammo ularning o’ta talabchanliklaridan aziyat chekishingiz ham mumkin. 

7-o’ziga ishonadigan va erkinlikni xush ko’ruvchi insoblar toifasiga mos raqam. Agarda bunday insonlar ijodda yoki xususiy ishlarida omadga erishsa, ularning umri baht soadatda o’tadi. Bu shaxslar davlat ishida karyera qurmoqchi bo’lsa, yetti raqami unga xalaqit berib turadi. Ular faqatgina xususiy ishda omadga erishadi. 

8-hususiy biznesda yuqori omadga erushuvshilar raqami. Pullarning o’zi ortiqcha urinishsiz sakkiz soniga intilib turadi. Huddi shunday raqamli inson bilan turmush qursa, shaxsiy hayotda ham omad ularni tark etmaydi. 

9-hayotda ham, ishda ham omad sari yetaklovchi raqam. Xususiy ishda omadga erishish mumkin, ammo kutilmagan omadsizliklar ham bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Eng muhimi, qonunchulik bilan bogliq muammolar keltirmaslik va tavakkal qilmaslik kerak. Ko’pincha, birinchi tanlaganlari shu raqamli passport egasi bo’lsa, u butun umr sevgi shaydosi bo’lib qoladi. 

Bu numeralogiya fanining qarashlari xolos. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami doimo ham intilishlar va hayot tarziga to’g’ri kelavermaydi. Aslida, barchasi taqdirdan!!!!
Просмотров: 860 | Добавил: gonch | Теги: chiziqlari, Taqdir, VA, raqam, hujjatlarda. | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: