Главная » 2013 » Апрель » 22 » Tarona Records® va "Benom" Guruhi taqdim etadi.
19:36
Tarona Records® va "Benom" Guruhi taqdim etadi.

Xabaringiz bor "Benom" Guruhi va Shahzoda hamkorligi bundan bir yil oldin boshlangandi, endi esa bu hamkorliklar samarasi yangi "Qora Ko'zlaring" nomli
albom taqdimoti 1- Noyabr kuni yurtimizning bir nechta radio to'lqinlari orqali
taqdim etiladi. Ushbu yangi albom taqdimoti "Benom" Guruhi ishtirokida bo'lib o'tadi.
Yangi albomda 13 ta tarona o'rin olgan bo'lib , bu taronalarning barchasining mualliflari "Benom" Guruhidir.
Demak 1- Noyabr soat 14:00 dan 15:00 ga qadar "Vodiy sadosi" radiosida,
18:00 dan 19:00 gacha "O'zbegim Taronasi" radiosida, 20:00 dan 21:00 ga qadar
esa "Grand" Radiolari orqali bu taqdimot dasturlarini eshitishingiz mumkin va yana ham ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.


Mirjamol - to'ylar muborak!
Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda Mirjamol noyabr oyining
oxirlarida bo'ydoqlar ro'yhatini katta tantana ila tark etadi. Nikoh
oqshomi shahrimizning eng ko'zga ko'ringan restoranlarining birida
bo'lishi kutilmoqda. Biroq, bu haqda hozircha batafsil ma'lumot
berolmaymiz. Ammo, bu kabi shodiyona xabarni birinchilardan bo'lib,
sizlarga yetkazishni lozim topdik. O'z o'rnida biz ham sherlar.uz portali
ijodiy jamoasi nomidan Mirjamolni chin dildan muborakbod etib qolamiz.
Ulkan zafarlar nafaqat ijodiy hayotda, balki shaxsiy hayotda ham
Mirjamolni tark etmasin!  To'ylar muborak, Mirjamol!

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 223 | Добавил: gonch | Теги: Benom, Tarona, etadi., guruhi, VA, taqdim, Records® | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: