Главная » 2013 » Апрель » 22 » Tomoshabin qalbini zabt etgan film!
21:45
Tomoshabin qalbini zabt etgan film!


Xabaringiz bo'lsa, 6 mart kuni navbatdagi yangi o'zbek filmi "Oling quda-bering quda"ning prem'erasi bo'lib o'tgan edi. Bemalol aytish mumkinki, rejissor Jahongir Ahmedovning milliy komediya janrida suratga olingan ushbu filmi hali hech qancha vaqt o'tmasdan muxlislar qalbini zabt eta oldi. Xalq dardini jiddiy komediya tarzida ishlagan Jahongir Ahmedovga ham qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q! Mana uch kundirki...


Alisher Navoiy kinoteatrining katta zali muxlislar bilan liq to'la. O'zi film namoyishi 1 kunda 5 seans bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo 8 mart kuni tomoshabinlarning talab va istaklariga binonan qo'shimchasiga 6-seans ham katta ekranga qo'yildi. O'sha kundan buyon Alisher Navoiy kinoteatrida "Oling quda-bering quda" kuniga 6 seans namoyish etilmoqda. Qizig'i shundaki, har bir seansda zaldan bo'sh o'rindiqlar sonini topib bo'lmayapti. Odatda bunaqa holat faqat va faqat film prem'eralarida ro'y berar edi... "Oling quda-bering quda" siz kutgan film!(mi?)

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 195 | Добавил: gonch | Теги: Tomoshabin, etgan, film!, qalbini, zabt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: