Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » TUBANLIK BOTQOG'I (3 qism)
13:44
TUBANLIK BOTQOG'I (3 qism)
Oradan hash pash deguncha…ikki hafta o’tib ketdi…Bu orada esa Barno va Nigora barcha tegishli xujjatlarni tayyorlab..bir necha marotaba Leylani ziyorat qilishga baholi qudrat ulgurishdi…Va nihoyat kutilgan daqiqalar yetib keldi.. -Ex o’rtoqjon,,mana nihoyat biz ko’zlagan manzil tomon ketayapmiz..endi Xudo xoxlasa,o’sha yerlardan o’zimizni rizqimizni topib,,ketamiz mamnun kayfiyatda so’z boshladi Barno..

-Ha,,nimasini aytasan o’rtoq..menga bo’lsa bu safar juda qimmatga tushadigan bo’ldi-da..javob berdi Nigora..

-Iya tinchlikmi ishqilib..dedi Barno savol nazari bilan Nigoraga boqarkan..

-Akam..qattiq qarshilik ko’rsatdilar..shunga biroz tortishib qoldik..ularni norozi qiyofasi ko’z o’ngimdan ketmayapdi-da o’rtoq..dedi Nigora

-Shunga shunchami..o’ylama..hali puling ko’payib ketsin..ular senga yalinib keladi o’zi dedi Barno.

-Aytganing kelsin-u…yanayam bilmadim..dedi Nigora..va yuzini burib oldi..



Ikki dugona shu asnoda suhbatlashib bo’lgach..Leyla shoshilib shu tomonga kela boshladi..

-Iya haliyam o’tiribsizlarmi..?Buyoqda sizlani qidirib jonim chiqib ketdi..tezda yuringlar bo’lmasa hozir samoloyot sizlarni tashlab uchib ketadi..dedi Leyla..

-Hozir Leyla opa biroz suhbatga berilib ketibmiz..dedi Nigora hijolatomuz ohangda..



Sumkalarini ko’targancha Ikki dugona Leylani ketidan ergashib keta boshladilar…



Samoloyotga chiqishgach esa..ikkovlon samoloyot o’rindig’iga joylashib olishdi..



"Hurmatli yo’lovchilar kamarlaringizni taqib olinglar” o’zbekiston Tailand yo’nalishi bo’yicha samoloyotimiz havoga ko’ratilayapdi…Hurmatli yo’lovchilar kamarlaringizni………



Pastda esa Leyla qo’l siltab ularga omad tilardi go’yo….

** *



Sanjar ertalab o’rnidan turdiyu..kayfiyati yo’qligidan..yotgan joyida xotiniga o’shqirdi..

-Nargiz…eyyyyyyy Nargiz…tez bo’l ko’ylagimni olib kel..

-Haaa nima bo’ldi ertalabdan buncha baqirasiz…tovba qildim…to’ng’illab Nargiza dazmollanga ko’ylakni keltirdi…



O”rnidan turdiyu..ko’ylaklarni yuvib…yuzini yuvgan kishi bo’lib..ko’chaga otlandi..

U qaror qilgan edi..singlisini oldiga borishga…



U Nigorani poezdiga yetib kelgan edi..eshik qulfligini ko’rdi..

Qo’shni ayoldan so’radi..



-Opa..Nigorani ko’rmadingizmi..?dedi Sanjar

-Kimi bo’lasiz. So’radi ayol

-Akasi bo’lman ko’rgani kelgandim..aytolmaysizmi qayerdaligini..?dedi Sanjar

-Eyyyyy o’rgildim…singling chet elga keldi …tovba qanaqa aka emansiz singlingizni holini bilmasangiz..dedi ayol..

-Nimaaaaaaaaaaa…



Sanjar biroz yo’lkadan yurdiyu…boshi aylanib yerga o’tirib qoldi…

Shu onda u yuragidan rahmatli onasi vafot etgan kunga o’hshash hissiyot kechayotgan edi..

Shu asnoda biroz o’tirar ediyu ….Lekin Yashin tezligida hayoliga kelgan fikrdan…sakrab turdida..yo’lka oxiriga qarab keta boshladi….


DAVOMI BOR.....
Просмотров: 374 | Добавил: gonch | Теги: (3, TUBANLIK, QISM), BOTQOG'I | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: