Главная » 2013 » Апрель » 22 » Ulug’bek QODIROV mashhurlikdan charchadi..
22:51
Ulug’bek QODIROV mashhurlikdan charchadi..



Yosh aktyorlar orasida yashin tezligida xalqimiz-tanilib, o`ndan ortiq rollarni ijro etgan Ulug'bek
Qodirov bilan bog'lanish oson emas. Xamisha ishi ko'pligini baxona
qiladigan bu aktyor bilan suxbatlashih uchun kamida o'n kun uni
izlashingiz kerak. Muxlislarning talab va istaklarini inobatga olib, qiyinchiliklarga qaramay aktyor bi­lan bog'landik.



Suhbat "Ayyol Qalbi" gazetasidan foydalanildi

- Ulug'bek, bir necha oylik mehnat maxsulingiz ham katta ekranlarga chiqdi. Fil'm premerasidan keyin o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Odatdagidek
(kulib). Har qanday aktyor fil'm premyerasi kuni xayajonlanadi. U
muxlislar qanday kutib olishar ekan, ma'qul kurishmasa-ya, degan
savollarga javob izlaydi. Albatta, men ham har bir premeradan oldin
ko'nglimdan shu kabi hislarni o'tkazaman. Ayniqsa, ekranlarda bir
muddat ko'rinmaganimdan keyin ijodimda biror yangilik bo'lishi kerak.
Bundan oldin xonanda Shaxzoda bilan "Sarvinoz" va "Fotima va Zuhra"
fil'mlarida partnyor bo'lganimiz uchun sur'atga olish ishlari u
darajada qiyin kechmadi. Xali fil'm haqida birorta salbiy fikr
eshitmaganim uchunmi, xozir kayfiyatim a'lo darajada!

- Demak, tanqidlarni ham kayfiyatingizga bevosita ta'sir etar ekanda?

- Tanqidga munosabativ ijobiy. Faqat ko'nglingizga og'ir botadigan, g'ashingizga tegadigan asossiz tanqidlardan bezor bo'lganman.

- "Majruh" fil'midagi qaxramoningizning kamchiliklarini xam ko'ra oldingizmi?

- Anglab yetgan kamchiligimni hech kimga aytmayman. Faqat kelgusi ishlarimda ularga yo'l

qo'ymaslikka xarakat qilaman. Albatta, "Majruh" fil'mida
hamkamchiliklarim bor. O'ylaymanki, sezgir va aqlli tomoshabin buni
anglab yetadi.

- Abduvohid G'anievning "Dada" fil'mida ham sura't­ga tushdingiz. Xo'sh, sizningcha,

qay biri muvaffaqiyat qozon adi? "Dada"mi yoki "Majruh"?

- Bu
fil'mlar g'oyasi jixatidan bir-biridan farq qiladi. Eng muhimi, ikki
rejissyorning ham tomoshabinga aytmoqchi bo'lgan gapi bor. Nasib qilsa,
"Dada" fil'mining premerasi shu oyning oxirlariga muljallanayapti.
Ularning qay biri muvaffaqiyat qozonishini esa tomo­shabin belgilab
beradi.

- Sizning bir muddat
ko'rinmay qolganingizga avlodlar almashinuvi ham sabab bo'lmadimi?
Nazarimda, Ulurg'bek va Farrux qaysidir ma'noda o'z o'rnini Alisher
vaAdizga bo'shatib bergandek?

- Yo'q,oridagi ikki
fil'mlarda suratga tushish bilan band bo'lganim uchun ham bir necha oy
ekranlarda ko'rinmadim. Balki bu haqiqatdan ham siz aytgandek, avlodlar
almashinuvidir (uylanib). Lekin men o'zimni davri o'tgan aktyor deb
xisoblamayman. Shukrki, o'zimga yarasha muxlislarim bor. O'zgalarning
ortidan gapirishni yomon ko'raman. Alisher va Adizga omad tilayman.

- Mashhurlik shahsiy hayotingizga ta'sir etayotganini xis qilasizmi?

-Albatta. Lekin ana shu mashhurlikni
bir paytlar orzu qilardim. Bugun esa biroz charchadim. Manmanlikka
yuymang-u, ko'chada o'z ixtiyoring bilan bir qadam tashlolmaysan. Xalq,
seni "kontrol" qilayotgandek bo'lib tuyuladi. Shou-biznesdagi
ikir-chikirlarning shaxsiy xayotga ham kirib borishi juda achinarli
xol. Chunki san'atkor ham oila kurishga, farzand tarbiyalashga xaqli.
Ba'zan uning ham majburiyatlariga buysunishdan boshqa ilojing bo'lmay
qolarkan.

- Aktyor va xonandalarda tartib bo'lmasligi ham rostmi? Olaylik, siz ham aytilgan vaqtda suxbatga yetib kelmadingiz?

- Ijordkor ahlida tartib bo'lmasligi
rost.Shifokor aynan qaysi soatlarda bemorlarni qabul qilishi ma'lum.
Shu vaqt mobaynida bemorning kasalligini o'rganib, uni davolaydi. Lekin
aktyor hamisha aytilgan zahoti rolni ko'ngildagidek qilib o'ynolmaydi.
Chunki u ijod. Uning aniq bir formulasi yo'q,. Ba'zan sur'atga olish
ishlari tungacha chuzilib ketadi. Shunday kezlari men uchun tong 11-12
larda otadi. Boshqa paytlari esa soat
8 da uyg'onaman. O'ylaymanki, suhbatga nega kechikkanimning sababini bilib oldingiz (kulib).

- Mashsurlikka erishganingizdan keyin "do'stlaringiz" ham ko'payib qolgandir?

- Bu hol faqat
san'at korda emas, boshqa kasb sohiblarida ham uchraydi. Ulardan uzoqda
bo'lishga harakat qilaman. Mendan foydalanadigan "manfaatparast"larni
ko'rgani ko'zim yo'q,.

- Xayotingizni san'at­kor ayol bilan bog'lashga ko'zingiz yetadimi?

- (Uzoq o'ylanib). Bu faqat menga emas, balki boshqa san'atkorlar uchun ham

eng qiyin savol bo'lsa kerak. Chunki san'at bilan oilaning bir-birini
rad etadigan jihatlari bisyor. Albatta, taqdiringizda bitilgandan
qochib qutilolmaysiz. Lekin, meni san'atkor bilan oila qurishim juda
qiyin masala.

- Ayollardagi qaysi fazilatni qadrlaysiz?

- Onalik mehriga
xech narsa yetmaydi. Uning birgina jussasida bolasiga nisbatan
dunyolarni to'ldurgudek mehrni ko'rib tan bermay ilojim yo'q, O'zimni
ulg'aydim, deb hisoblasam ham haligacha onamga sirlarimni, dardimni
aytib yengil tortaman. Onam bilan kupgina jihtlarimiz o'xshash bo'lgani
uchun dardimni o'zimdek his qila oladilar.

- Siz uchun hayotda eng muhimi?

- Manmanlikka
yuymang-u, o'z kamchiliklarini aytib, yerga uradigan odamlar toifasiga
kirmayman. Kamchiligimni o'zim his qilsam yetarli. Shuning uchun xam
xayotda o'z menini saqlab qolgan "Ulug'bek Qodirov" bo'lib
qolmoqchiman. Shunda kimgadir taqlid qilishning ham hojati bo'lmaydi.

- Xamkasblaringizning sizga nisbatan "Ilgarigi Ulug'bek emas", degan fikrlarini eshitib qolamiz. Chindan ham Ulugbek o'zgarganmi?

- Bu ularning fikri.
Men hali ham o'sha .Ulug'bek ekanligimni o'zim his qilib turibmanmi,
shu­ning o'zi kifoya. Axir har kim erkin fikr bildirishga xaqli-ku!

- Fil'mlardagi qaysi "partnyor"'laringizning ruhiyati sizga yaqin?

- Menikiga xech
birining ruhiyati va dunyoqarashi uxshamaydi. Agar o'sha hamkasblarim
bi­lan ruhiyatim o'xshash bo'lganda o'zgarmaganimni anglab yetishardi.

- Anchayin sirli inson ekanligingizga suhbat davomida yana bir bor guvoh, bo'ldik. Kelgusidagi ishlaringizda rivoj tilaymiz!


Nargiza MURODOVA suhbatlashdi

Bundanda qiziq suhbatlarni o'qishni istasangiz "Ayyol qalbi" gazetasini kuzatib boring.




Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 302 | Добавил: gonch | Теги: charchadi.., Qodirov, mashhurlikdan, Ulug’bek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: