Главная » 2013 » Апрель » 22 » ULUG’BЕK QODIROV va SHAHNOZ “QASOS”DA! JAMILANING BAXTI CHOPADIGAN KO`RINADI…
20:24
ULUG’BЕK QODIROV va SHAHNOZ “QASOS”DA! JAMILANING BAXTI CHOPADIGAN KO`RINADI…

Nega Ulug’bek Qodirov jimib qoldi ekan, deb yurgandik. To’satdan u suratga tushgan yana bir yangi filьm ekranlarga tayyorlanayotganligi haqidagi xabarni oldik. Ya’niki, Qodirov janoblari ekshn yo’nalishida suratga olingan "Qasos” nomli filmda suratga tushibdi. Bahrom Berdiyev va Sherzodbek O’lmasov tomonidan suratga olingan ushbu film may oyida premera qilinishi rejalashtirilgandi. Nazarimizda bu muddat sal ortga surilgan ko’rinadi. Bugungi kunning dolzarb muammolari yoritilgan filmda Ubaydulla Omon, Murod Rajabov, Furqat Fayziyev, Seydulla Maldaxanov, Jalol Yusupov kabi bir nechta mahoratli aktyorlar ansambli ishtirok etgan. Ssenariysini kim yozgan ekan deyapsizmi?. Shoira Shahnoz! Hayratga tushmang Shahnoz va Sherzodbek O’lmasov hamkorligida bu film ssenariysi yuzaga kelgan. Film namoyishidan so’ng barcha fikrlarni havola etamiz. 

Kino shingil

Aktrisa Jamila G’ofurova sentyabr oyida bo’lib o’tadigan xalqaro Toshkent zamonaviy kinofestivalining oltinchi rasmiy chehrasi sifatida tan olindi. Bugun filmlarda kam ko’rinayotgan ushbu aktrisa endi o’zining iste’dodini butun dunyo kinomutaxassislariga namoyon etishi mumkin. Balki uning ijodiga dunyoning eng professional rejissyori qiziqish bildirishsa.

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 268 | Добавил: gonch | Теги: KO`RINADI…, Baxti, JAMILANING, “QASOS”DA!, Qodirov, CHOPADIGAN, VA, ULUG’BЕK, Shahnoz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: