Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » Vertual sevgi bormi?
12:57
Vertual sevgi bormi?
Ajoyib savol! Ya'ni insonlar internetda
bir-birlari sevib qolishi mumkinmi?
Hozirda ushbu savol ko'p joylarda
yangramoqda. Savol berilayotganda
uning oxangiga e'tibor bering! Virtual
sevgi bormi? Negadir menga bu savol oxangida, ha degan javobni
kutayotgandek kayfiyatni sezaman.
Bundan ma'lum bo'ladiki, sevgiga
ishonadiganlarning ko'pchiligi virtual
sevgiga ham ishonadi. Bu savolga har
kim o'z tushunchasi doirasida javob bermoqda. Ba'zilar aytadiki: "Sevgi joy
tanlamaydi". To'g'ri, joy tanlamaydi,
ammo internet "joy"ga to'g'ri
kelarmikin? Bu virtual sevgiga
ishonmas ekan deb o'ylamang. Keling
birgalikda taxlil qilib ko'ramiz! Inson sevib qolishi uchun nargi inson
haqida ruxiy, jismoniy, ma'naviy,
oilaviy va hatto axloqiy taraflari haqida
ham tasavvur bo'lishi kerak. Internetda
uning gaplarini yozuvlarda ko'rasiz.
Fikrlashi va dunyoqarashini anglab olasiz. O'zi va oilasi haqida tanishasiz.
Rasmini ko'rib baxo berasiz. Sizga
yoqib qoladi (bu hali sevgi emas). Yana
va yana gaplashgingiz keladi.
Sog'inasiz, kutasiz. Online bo'lganda
xursad bo'lib ketasiz. O'zizcha o'ylaysiz, sog'inyapman, talpinyapman sevib
qoldimmikin? Ammo o'ylamaysizki, u umuman
boshqacha inson bo'lib chiqishi
mumkin. Rasm o'ziniki emas, yozgan
narsalari esa u inson xushmuomila
bo'lgani sababli sizga mehrli bo'lib
tuyulgandir. Yozayotgan har bir inson o'zini, qarshisidagi insonga mukammal
qilib ko'rsatishga harakat qiladi.
Natijada xaqiqatdan yiroq bo'lgan
taassurotlar paydo bo'ladi. Kun sayin
uni o'z tasavvurida ideallashtirib
boraveradi. Oqibatda nuqsonlar ham ko'rinmay qoladi. Kelgan xatlarni aql
ko'zi bilan emas qalb ko'zi bilan ko'ra
boshlagach esa xis tuyg'ular ta'sirida
uning xabarlari rang-barang tuslarga
kiradi. Xayolot ummonida butunlay
o'zgacha tasvirlar namoyon bo'ladi. Insonning qalbida shunchalik tug'yon
urayotgan xislar sevgidan boshqa
narsa emas, deyishingiz shubxasiz.
Ammo yuqorida aytib o'tganimizdek, u
inson umuman boshqacha olam bo'lib
chiqsachi? Qalbda juda katta to'qnashuv ro'y beradi... U boshqa
olam bo'lsa, demak siz tasavvur qilgan
sevgi dunyoyingiz xayolot olamidagi
oxiri yo'qlik bo'lgan tuyg'u holos bo'lib
qoladi. Sizning tasavvuringizdagi
maxbubingiz real xayotda mavjud emas bo'lib chiqadi. Faqat hayoldagina
mavjud bo'lgan sevgini xaqiqiy sevgi
deyolmaymiz. Sevgida ikkala inson
ham real hayotda mavjud bo'lishi shart. Menimcha endi o'zingiz xulosa chiqarib
bo'ldingiz. Ma'lum bo'ldiki, virtual sevgi
xaqiqiy sevgi bo'lolmas ekan. Xaqiqiy
sevgi bo'lishi uchun baribir real
hayotga murojat qilishga majbur
ekanmiz. Internetda tanishib, keyin hayotda tanishib sevsa bu sevgi
bo'ladi. Faqat internetda o'tirib olib bir-
birini sevib qolish hayoldan o'zga
narsa emas. Demak virtual hayot
sevgiga bir vosita va boshlang'ich
tanishuv bo'lishi mumkin ekan. Xaqiqiy sevgi esa faqat va faqat real hayotda
bo'ladi. Virtual suhbatdagi, yuqorida aytilgan
qalb kechinmalari, sog'inish, talpinish,
kutish bu real hayotimizdagi
tuyg'ularimizni qalbda junbushga
kelishidir. Bu holatni faqatgina hayoliy
xis deb tushunish va bu holatga imkon qadar tushmaslikka harakat qilishimiz
lozim. Har doim, har nafasda bu
shunchaki virtual olam ekanini, real
hayot umuman boshqa ekanini
hamisha yodda tutishimiz lozim bo'ladi. Bu tajribada o'rgangan narsalarimizni
kelajak avlodlarga ham o'rgatishimiz
judayam zarur xisoblanadi. Toki biz
qilgan xatolarga ular yo'l qo'ymasin.
Virtual suhbatga kirishib real hayotni u
bilan almashtirib qo'ymasinlar. Internet olami insonlarning uzog'ini yaqin qilib,
muloqot imkoniyatini beradigan juda
qulay eng so'ngi kashfiyot ekanini
unutmaylik. U bizlar uchun real
hayotimizni o'rnini bosishga emas,
balki real hayotimizga yordamchi bo'lishga xizmat qilsin! Internet olami, bizning millat uchun,
vatanimiz uchun va kelajagimiz uchun
faqat va faqat yaxshiliklar olib kelsin. U
sababli yetadigan har qanday moddiy
va ma'naviy zararlardan hammamizni
avvalo Alloh saqlasin, o'zimiz ham judayam extiyot bo'lib kerakli
choralarni vaqtida amalga oshirib
boraylik!


yozilgan tanqidgayam ijobiy munosabatdama
Просмотров: 515 | Добавил: gonch | Теги: bormi?, Vertual, sevgi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: