Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » ๑♣๑VERTUAL VA REAL SEVGI๑♣๑
18:28
๑♣๑VERTUAL VA REAL SEVGI๑♣๑
Vertual sevgi bormi?
Ajoyib savol! Ya'ni insonlar
internetda
bir-birlari sevib qolishi
mumkinmi?
Hozirda ushbu savol ko'p
joylarda
yangramoqda. Savol
berilayotganda
uning oxangiga e'tibor bering!  Virtual
sevgi bormi? Negadir menga bu
savol oxangida, ha degan
javobni
kutayotgandek kayfiyatni
sezaman.
Bundan ma'lum bo'ladiki, sevgiga
ishonadiganlarning ko'pchiligi
virtual
sevgiga ham ishonadi. Bu
savolga har
kim o'z tushunchasi doirasida
javob bermoqda. Ba'zilar
aytadiki: "Sevgi joy
tanlamaydi". To'g'ri, joy
tanlamaydi,
ammo internet "joy"ga to'g'ri
kelarmikin? Bu virtual sevgiga
ishonmas ekan deb o'ylamang.
Keling
birgalikda taxlil qilib ko'ramiz!
Inson sevib qolishi uchun nargi
inson
haqida ruxiy, jismoniy, ma'naviy,
oilaviy va hatto axloqiy taraflari
haqida
ham tasavvur bo'lishi kerak.
Internetda
uning gaplarini yozuvlarda
ko'rasiz.
Fikrlashi va dunyoqarashini
anglab olasiz. O'zi va oilasi
haqida tanishasiz.
Rasmini ko'rib baxo berasiz.
Sizga
yoqib qoladi (bu hali sevgi emas)
. Yana
va yana gaplashgingiz keladi.
Sog'inasiz, kutasiz. Online
bo'lganda
xursad bo'lib ketasiz. O'zizcha
o'ylaysiz, sog'inyapman,
talpinyapman sevib
qoldimmikin? Ammo
o'ylamaysizki, u umuman
boshqacha inson bo'lib chiqishi
mumkin. Rasm o'ziniki emas,
yozgan
narsalari esa u inson
xushmuomila
bo'lgani sababli sizga mehrli
bo'lib
tuyulgandir. Yozayotgan har bir
inson o'zini, qarshisidagi insonga
mukammal
qilib ko'rsatishga harakat qiladi.
Natijada xaqiqatdan yiroq
bo'lgan
taassurotlar paydo bo'ladi. Kun
sayin
uni o'z tasavvurida ideallashtirib
boraveradi. Oqibatda nuqsonlar
ham ko'rinmay qoladi. Kelgan
xatlarni aql
ko'zi bilan emas qalb ko'zi bilan
ko'ra
boshlagach esa xis tuyg'ular
ta'sirida
uning xabarlari rang-barang
tuslarga
kiradi. Xayolot ummonida
butunlay
o'zgacha tasvirlar namoyon
bo'ladi. Insonning qalbida
shunchalik tug'yon
urayotgan xislar sevgidan
boshqa
narsa emas, deyishingiz
shubxasiz.
Ammo yuqorida aytib
o'tganimizdek, u
inson umuman boshqacha olam
bo'lib
chiqsachi? Qalbda juda katta
to'qnashuv ro'y beradi... U
boshqa
olam bo'lsa, demak siz tasavvur
qilgan
sevgi dunyoyingiz xayolot
olamidagi
oxiri yo'qlik bo'lgan tuyg'u holos
bo'lib
qoladi. Sizning tasavvuringizdagi
maxbubingiz real xayotda
mavjud emas bo'lib chiqadi.
Faqat hayoldagina
mavjud bo'lgan sevgini xaqiqiy
sevgi
deyolmaymiz. Sevgida ikkala
inson
ham real hayotda mavjud bo'lishi
shart. Menimcha endi o'zingiz
xulosa chiqarib
bo'ldingiz. Ma'lum bo'ldiki, virtual
sevgi
xaqiqiy sevgi bo'lolmas ekan.
Xaqiqiy
sevgi bo'lishi uchun baribir real
hayotga murojat qilishga majbur
ekanmiz. Internetda tanishib,
keyin hayotda tanishib sevsa bu
sevgi
bo'ladi. Faqat internetda o'tirib
olib bir-
birini sevib qolish hayoldan
o'zga
narsa emas. Demak virtual hayot
sevgiga bir vosita va
boshlang'ich
tanishuv bo'lishi mumkin ekan.
Xaqiqiy sevgi esa faqat va faqat
real hayotda
bo'ladi. Virtual suhbatdagi,
yuqorida aytilgan
qalb kechinmalari, sog'inish,
talpinish,
kutish bu real hayotimizdagi
tuyg'ularimizni qalbda
junbushga
kelishidir. Bu holatni faqatgina
hayoliy
xis deb tushunish va bu holatga
imkon qadar tushmaslikka
harakat qilishimiz
lozim. Har doim, har nafasda bu
shunchaki virtual olam ekanini,
real
hayot umuman boshqa ekanini
hamisha yodda tutishimiz lozim
bo'ladi. Bu tajribada o'rgangan
narsalarimizni
kelajak avlodlarga ham
o'rgatishimiz
judayam zarur xisoblanadi. Toki
biz
qilgan xatolarga ular yo'l
qo'ymasin.
Virtual suhbatga kirishib real
hayotni u
bilan almashtirib qo'ymasinlar.
Internet olami insonlarning
uzog'ini yaqin qilib,
muloqot imkoniyatini beradigan
juda
qulay eng so'ngi kashfiyot
ekanini
unutmaylik. U bizlar uchun real
hayotimizni o'rnini bosishga
emas,
balki real hayotimizga yordamchi
bo'lishga xizmat qilsin! Internet
olami, bizning millat uchun,
vatanimiz uchun va kelajagimiz
uchun
faqat va faqat yaxshiliklar olib
kelsin. U
sababli yetadigan har qanday
moddiy
va ma'naviy zararlardan
hammamizni
avvalo Alloh saqlasin, o'zimiz
ham judayam extiyot bo'lib
kerakli
choralarni vaqtida amalga
oshirib
boraylik!
Просмотров: 708 | Добавил: gonch | Теги: VA, ๑♣๑VERTUAL, SEVGI๑♣๑, Real | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: