Главная » 2013 » Апрель » 22 » YANGI LOYIHA. “KINOREYD”: “DADA”
23:06
YANGI LOYIHA. “KINOREYD”: “DADA”

Ushbu loyiha orqali yurtimiz kinoteatrlarida namoyish
etilayotgan filmlarni tomosha qilib sharhlab boramiz. Biz tomosha
qilgan ilk xususiy film rejissyor Abduvohid G’aniyevning "Dada” nomli
yangi kartinasi bo’ldi. Film bir ayolning sportchiga endigina tuqqan
bolasini tashlab ketishi bilan rivojlanadi.

Yutuq

1. Filmda sportchi yigitning har
qanday vaziyatga qaramasdan begunoh bir go’dakni o’z qaramog’iga olgani
bugungi kun uchun muhim bo’lgan mehr-oqibatning yanada kuchayishiga
turtki bo’ladi.
2. Ssenariyda ham
tushunmovchiliklar kuzatilmaydi. Hamma voqea ipidan ignasigacha
bir-biriga bog’langan.
3. Ulug’bek Qodirov o’z
obrazini mahoratli tarzda ijro etgan. Uning do’sti obrazida ishtirok
etgan aktyorning ham ijrosi juda ishonarli. Ular o’rtasidagi
munosabatlar tomoshabinga zavq bag’ishlaydi.

Kamchilik

1. Film dinamikasi biroz sustroq.
Qolaversa, sportchi yigitning tug’ruqxonaga kelganida eshikni yopilib
qolish sahnasi ham biroz ishonchsiz chiqqan. Axir eshik o’z-o’zidan
yopilib qoladigan zamonaviy shakldagi eshik emas, agarki u kimdir
tomonidan yopilganda ham buni ichkaridagilar bilishi kerak edi.  
2.
Chaqaloqni tug’ruqxonadan olib chiqishayotganda endi tug’ilgan go’dak
emas, balki uch-to’rt oylik chaqaloq ekanligi yaqqol seziladi.
3.
Ulug’bek Qodirov ijro etgan obraz juda ko’ngilchan tarzda ifodalangan.
Uning hattoki ota-onasiga va boshqalarga vaziyatni tushuntirib bera
olmasligi tomoshabinda ishonchsizlik uyg’otadi.



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 278 | Добавил: gonch | Теги: LOYIHA., “KINOREYD”:, “DADA”, YANGI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: