YANGI O`ZBEK FILMLARI.. “Farzandim”, “Jigarbandim” va “Zurriyod”... - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » YANGI O`ZBEK FILMLARI.. “Farzandim”, “Jigarbandim” va “Zurriyod”...
22:45
YANGI O`ZBEK FILMLARI.. “Farzandim”, “Jigarbandim” va “Zurriyod”...


Sanjar Shodiyev uchun bu yil haqiqatan ham rejissyorlik yili
bo’ldi deya olamiz. Axir u birato’la ikkita filmini tomoshabinga havola
etdi. Ham komediya, ham dramatik filmi bilan rejissyorlar orasida o’zini
isbotlay olgan Shodiyev endi reytingparadda ham munosib o’rin
egallashga kirishgan ko’rinadi. Negaki, u hademay yangi "Jigarbandim”
nomli filmini ham premera qiladi. Yangi kartinada rollarni Erkin
Komilov, Ra’no Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev, Shodiya To’xtayeva,
Dilnoza Kubayeva kabi mahoratli aktyorlar ansambli ijro etishyapti.
Demak, Sanjar bu gal ham nimalarga qodirligini ko’rsata oladi.




***


Rejissyor Elyor Hoshimovni siz "Keragimsan” filmi orqali
yaxshi taniysiz. Oradagi tanaffusdan so’ng rejissyor yana bir yangi
ijodiy ishini tomoshabinga havola etish arafasida turibdi. Film nomi
"Farzandim”. Shu yerda biroz ajablanarli holat yuzaga keladi. Sanjar
Shodiyevning filmi "Jigarbandim” deb nomlangan. Elyor Hoshimovniki esa
"Farzandim”. Ikkalasi ham bir xil ma’noni anglatishini inobatga olsak,
kimdir bu borada boshqacha nom tanlasa yaxshi bo’lardi degan fikr
tug’iladi. Negaki, keyinchalik tomoshabinda chalkashlik yuzaga kelishi
mumkin. Hoshimovning filmida Adiz Rajabov, Dilnoza Kubayeva, Ubaydullo
Omon, Oybarchin Bakirova kabi aktyorlar suratga tushishyapti.


***


Hayron bo’lsangiz ham shuni aytish
kerakki, Javlon Shodmonovning bu gal muxlislarga havola etmoqchi bo’lgan
filmi "Zurriyod” deb nomlanibdi. Endi yuqoridagi ikki rejissyorning
filmi nomlariga e’tibor qilsak, Javlon Shodmonov ham ulardan bexabar
qolganligini kuzatish mumkin bo’ladi. Har uchala filmni kuzatsak va ular
haqiqatan bolalarga atalgan bo’lsa, ikki oy oldin rejissyor Abduvohid
G’aniyev havola etgan "Dada” filmi bilan 2010 yilda kino olamida bolalar
mavzusi urf bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Ammo bu hali shunchaki taxmin
xolos. Voqealar rivoji esa bizni aniqroq tashxis qo’yishga imkon
yaratadi. Demak, kuzatishda davom etamiz. "Zurriyod” filmida Alisher
Uzoqov, Nigora Ismoilova, Shahzoda Muhammedova kabi aktyorlar jam
bo’lishgan.



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 315 | Добавил: gonch | Теги: FILMLARI.., VA, O`ZBEK, “FARZANDIM”, “Jigarbandim”, YANGI, “Zurriyod”... | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: