YANGI UZBEK FILMLARI - 22 Апреля 2013 - Dom.uCoz.Es
Главная » 2013 » Апрель » 22 » YANGI UZBEK FILMLARI
22:43
YANGI UZBEK FILMLARI

"Janob Hech Kim”
filmidan so’ng jimib qolgan rejissyor Mirmaqsud Oxunov yana yangi
kartinasini suratga olishni boshladi. "To’qqiz oy” deb nomlangan ushbu
film ham yangi mavzu, ham yangicha yo’nalishda suratga olinganligi
bilan tomoshabin diqqatini jalb etar ekan. Qolaversa, rejissyor bu gal
yangi qiyofalarning ham kashf etilishiga hissa qo’shmoqchi. Batafsil
ma’lumotlar yaqin kunlarda taqdim etiladi.


***


"Suiqasd” filmidan
so’ng kino olamida anchagina tanaffus qilgan rejissyor Zulfiqor Musoqov
yana yangi film suratga olishga kirishdi. "Qo’rg’oshin” deb nomlangan
ushbu filmda rollarni Bobur Yo’ldoshev, Kristina Toirova ("Osmondagi
bolalar 1,2” filmlaridagi Lola rolini ijro etgan) va Ra’no Shodiyeva
ijro etadi. Hayotning achchiq haziliga duch kelgan bu uchlikning film
yakunigacha qanday munosabatlarga kirishganini 2011 yilning fevral
oyida premera qilinishi mo’ljallangan "Qo’rg’oshin” filmida tomosha
qilishingiz mumkin.

***

"Ruh 5-13”, "Gumon”,
"Oysiz tunlar” kabi qator filmlar rejissyori Shavkat Jayron ham
tanaffuslarga barham berib yana kinomuxlislariga yangilik tayyorladi.
"7 inson changalda” deb nomlangan yangi kinokartina shu kunlarda
muxlislarga taqdim etilyapti. Shavkat Jayron bu gal ham triller janriga
murojaat qilgan. Ushbu film yana vahimali voqealarga boy tarzda suratga
olinganligi bilan ajralib turadi. Filmda komik aktyorlardan Sanjar
Shodiyev va Tolib Hojiyevlarning ishtiroki jiddiy kartinada o’ziga xos
komediyani yuzaga keltiradi. Qolgan obrazlarni esa Sherzod Nuraliyev,
Leyla Saidmambetova, Bobur Tursunov kabi yosh aktyorlar ijro etishgan.
Shavkat Jayronning bu galgi ishi qay darajada qarshi olinganligini esa
yaqin kunlarda ma`lum qilamiz.



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 220 | Добавил: gonch | Теги: UZBEK, FILMLARI, YANGI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: