Главная » 2012 » Ноябрь » 19 » YULDUZLI OQSHOM “SHOD” GURUHI VAKILI BO’YDOQLIK BILAN VIDOLASHDI
11:13
YULDUZLI OQSHOM “SHOD” GURUHI VAKILI BO’YDOQLIK BILAN VIDOLASHDI
Eng mashhur guruhlardan biri bo’lmish "Shod” guruhining yana bir vakili Doniyor  16.10.2012 sanasida bo’ydoqlik  davri bilan vidolashdi. Yulduzli oqshom sifatida bo’lib o’tgan Nikoh kechasiga  O’zbek estradasining deyarli ko’pchilik vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu go'zal kecha Turon to'yhonasida bo'lib o'tdi.
 

Nikoh kechasida faqat Kuyov bola Doniyor  emas balki uning ikki yaqin do'sti ham kuchli hayajonda ekaligi yaqqol ko'rinib turardi. 



Bizni Shod guruhining vakili Shuhratning ukasi,  sobiq saytimiz foto muhbiri Sardor Umarov kutib oldi. To’yda "Navo” guruhi  navbatchilik qilishdi.  Kuyov bola esa har doimgidanda sho’x va quvnoq edi.
 

Kuyov jo’ra lavozimi "Shod” guruhining vakili Shuhratga nasib etdi.  Nikoh oqshomi barcha sanatkorlarniki kabi "gavjum” va "tiqilinch” bo’lgani yo’q,  hamma o’z joyini egallagan, yurganlardan esa bu san’atkorlarni ko’rish mumkin edi.  To’yni biz o’rtasigacha  mehmon bo’ldik, balki biz ketgadan keyin qiziqarli voqealar bo’lgandir ammo biz bor paytgacha hammasi bir tekista o’tdi.

Xullas biz ham nima derdik, ikki yosh qo'shgani bilan qo'sha qarisin, kelasi yilga beshik to'y, o'g'il to'ylarida ham bizni taklif etishlarini kutib qolamiz. Ha aytgancha to'ydan keyin dangasalik qilib ijodni to'xtatmaslikni eslatib qo'yamiz

Amirxon (shok.uz)
Просмотров: 352 | Добавил: gonch | Теги: BO’YDOQLIK, OQSHOM, VAKILI, “SHOD”, VIDOLASHDI, BILAN, guruhi, YULDUZLI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: