Главная » 2013 » Апрель » 22 » “ZARAFSHON”GA SIG’MAGAN “OZOD-SHOU”!
22:37
“ZARAFSHON”GA SIG’MAGAN “OZOD-SHOU”!



Yakuniga
yetayotgan yilda 23 ta konsert dasturi bilan o’zbek konsertlari
tarixida rekord darajani qayd etgan Ozodbek Nazarbekov yil davomida eng
samarali ijod qilgan xonanda bo’ldi, desak hecham adashmaymiz. Davlat
tadbirlari bormi, xalq xizmatlari, konsertlarmi yoki shou dasturlar
Ozodsiz o’tmadi. U hammasiga ulgurdi, hammasiga bardosh berdi.
Qolaversa, uning mana shunday samarali xizmatlari inobatga olinib unga
yuksak e’tirof ya’ni "O’zbekiston xalq artisti” unvoni taqdim etildi.
Mana yil tugayapti hamki u hanuz o’z xizmatlarini ado etishdan
charchagani yo’q. Nihoyat, ko’pchilik uchun orziqib kutilgan
"Ozod-shou” dasturining Yangi yil soni ham suratga olindi. "Zarafshon”
konsert zalida bo’lib o’tgan dastur haqidagi eng rostmona haqiqatlarni
sizga taqdim etamiz.

Dastur
ikki kun mobaynida bo’lib o’tdi, hamda suratga olindi. Birinchi kuni
Rashid Xoliqov, Shoxruxhon, Gulsanam Mamazoitova, Jamila G’ofurova,
Shahzoda Matchonova ishtirok etishgan bo’lsa, ikkinchi kuni Sardor
Rahimxon, Ziyoda, Mansurxon Nurmatov, Ra’no Shodiyeva kabi ijodkorlar
qatnashishdi.



Zokir
Ochildiyevning qorbobo obrazi, shoira Nargizxonning qorqiz bo’lishi,
"Bulbulcha” bolalar ansamblining ajoyib chiqishlari, G’ayrat
Ahmedovning o’zgacha uslubdagi O’lmas Koshchey sifatida gavdalanishi
tomoshabinlar kayfiyatini ko’tarib yubordi.



Avvalo
shuncha xizmatlardan ortib yana bir jiddiy ijodiy ishini muxlislarga
taqdim etayotgani uchun Nazarbekovga tasanno aytging keladi. Negaki,
shou-biznesda ayrimlar o’zi hech nima ish qilmayotgan bo’lsa-da,
birovning ortidan gap-so’zlarni "bolalatishni” qoyillatishadi. O’z
o’rnida ularga qarata aytging keladi, "birinchi” bo’lging kelayotgan
bo’lsa, Ozod qilgan ishning hech bo’lmasa undan birini qil! Bu
so’zlarni Nazarbekovni maqtash uchun demadik, faqatgina uning ham oddiy
bir inson ekanligini ko’pchilikka uqtirib qo’ymoqchi bo’ldik, xolos.
Endi esa sarlavhamizga e’tibor qaratamiz. Bejizga bunday demadik, aynan
bugungi kunga kelib "Ozod-shou” uchun "Zarafshon” konsert zalining
sahnalari torlik qilib qolibdi. Bunga taklif etilgan mehmonlar ham
guvoh bo’lishdi. Nazarimda, endi shouning katta sahnalarga ham ko’chish
fursati yetdi. Ajab emas, kelgusi yildan boshlab Nazarbekov shoulari
ham muhtasham "Istiqlol” san’at saroylarida taqdim etilsa-yu, unga ham
sig’may qolgan muxlislar uchun saroy tashqarisiga katta monitorlar
ochib qo’yilib ko’chada qolganlarga ham namoyish etib turilsa. Axir
bugun o’zbek shou-biznesi ham hech qaysi xorijiy konsertlardan
qolishadigan darajada emas-ku. Nazarbekovning ayni vaqtdagi shuhrati
esa bu so’zlarga ajablanish kerak emasligini tasdiqlaydi.       



"Ozod-shou”ga bir yildan so’nggi nigoh



1. Nazarbekov
shou sahnasiga yaxshigina moslashib olibdi. U endi sahnada o’zini erkin
tuta oladi va tomoshabin hamda ishtirokchilar bilan samimiy muloqotga
kirishadi.



2. Zokir
Ochildiyev shouning shouligini Nazarbekovning xayolidan faromush
bo’lgan paytlarda zukkolik bilan anglab, uni to’ldirishga bor kuchini
sarflaydi.



3. Sahna
nihoyat "Ozod-shou”ning rostmona dekoratsiyasi bilan boyitilgan. Endi
ishtirokchilar sahnaga maxsus eshikchalar orqali kirib kelishadi.
Qolaversa, kerakli effektlar ham o’z o’rnida ishlatilyapti.



4. Ijodkorlarni
qiynayotgan birgina jihat esa shouga taklif etilgan mehmon
san’atkorlarning shou holatiga kirisha olmayotganligi. Agarda ular ham
shu holatni his qilib ijodkorlarga ko’makchi bo’lishsa va shouga
hamohang bo’la olishsa "Ozod-shou” o’z maqsadiga yetgan bo’lardi. Ammo
bundan ranjimasak ham bo’ladi, negaki biroz vaqtdan so’ng taklif
etilayotgan mehmonlar ham ijodkorlarning maqsadinini tushunishib
olishadi va shunga tayyor bo’lishadi.



Xullas
kalom Yangi yil ostonasida Ozodbek Nazarbekov o’z shousi bilan bu yilgi
mehnat rejasini ortig’i bilan muxlislarga taqdim eta oldi. Endi esa u
bir oz hordiq chiqarishi lozim. Ammo bu Nazarbekovga xos bo’lmagan odat
shekilli, ayni kunlarda uning yangi konsert dasturiga tayyorgarlikni
boshlab yuborganini eshitdik. Ko’pchilikni "shok”ka soluvchi bir
yangilik esa bu yil aynan muxlislar istagi bilan Nazarbekov
konsertlarining roppa-rosa bir oy ya’ni 30 kun mobaynida taqdim etilish
bo’lsa kerak. Ha, hayratlanasizmi, ajablanasizmi Ozodbek 2011 yilda
"Istiqlol” san’at saroyida 30 ta konsert dasturini taqdim etadi. Biz
esa o’z kuzatishlarimizni davom ettirgan holda, hech qachon katta
sahnalardan tushma, Ozodbek, deb qolamiz. Axir o’zbek san’atini o’z
o’rnida, o’z holatida taqdim etayotgan ijodkorni qo’llab-quvvatlamay
bo’ladimi?

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 288 | Добавил: gonch | Теги: “ZARAFSHON”GA, SIG’MAGAN, “OZOD-SHOU”! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: